Loyihadan foydalanish yo‘riqnomasi

Saytdan foydalanish shartlari qanday va cheklovlar bormi?

1. Ro‘yxatdan o‘tish

1.1. Ro‘yxatdan o‘tishda foydalanilgan E-mail manzili haqiqiy bo‘lishi lozim. Haqiqiy deganda, E-mail manzilining aynan shu foydalanuvchiga tegishli ekanligi va faol foydalanilganligi tushuniladi.

Foydalanuvchi shaxsiy E-mail manzilini faqat o‘z ixtiyori bilan saytda uchinchi shaxslarga e’lon qilishi mumkin. 1-avgust.uz administratori foydalanuvchining E-mail manzilini uning ruxsatisiz e’lon qila olmaydi. Sayt administratori saytda bo‘ladigan o‘zgarishlar va yangiliklar haqida foydalanuvchiga uning E-mail manzili orqali xabar berib boradi.

1.2. Ro‘yxatdan o‘tayotgan foydalanuvchi ism va familiyani kiritishda o‘zbek (rus va hakozo) tilining adabiy-uslubiy qoidalaridan tashqariga chiqmasligi lozim. Agar mazkur talab bajarilmasa, sayt administratori mazkur foydalanuvchini taqiqlanganlar qatoriga qo‘shadi.

Foydalanuvchi profil ochishda o‘zining ismi-familiyasidan foydalanishi zarur.

1.3 Ro‘yhatdan o‘tish jarayonida foydaluvchi Ism,Familiya,E-mail,parol formalarini to‘g‘ri to‘ldirgach, avtomatik tarzda sayt nomidan  foydalanuvchi E-mail manziliga aktivlashtirish uchun xabar yuboriladi. Foydalanuvchi E-mail manziliga yuborilgan xabardagi aktivlashtirish linki orqali foydalanuvchining profili aktivlashtiriladi. Shundan so‘ng, saytdagi barcha resurslardan foydlanish huquqiga ega bo‘ladi.

1.4. Foydalanuvchining boshqa E-mail manzili bilan qaytadan (ikkita profil ochish) ro‘yxatga o‘tishiga ruxsat qilinmaydi. Bir foydalanuvchida faqat bitta faol profil bo‘lishi mumkin.

1.5. Saytda ro‘yxatdan o‘tgan, ammo bir oy davomida hech qanday faollik ko‘rsatmagan foydalanuvchi profillari avtomatik tarzda o‘chiriladi.

1.6. Sayt administratori 1-avgust.uz saytining umumiy xavfsizligini o‘ylagan holda quyidagi foydalanuvchilarni vaqtincha ogohlantirishi yoki taqiqlab qo‘yishi mumkin. 

a) muhokamalarda reklama, spam xabarlari qoldirgan foydalanuvchilar;

b) axloq va til qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan so‘zlarni ishlatgan va boshqa foydalanuvchilarning shaxsi, jinsi, millati, yoshi,e’tiqodi va irqini kamsitgan foydalanuvchilar;

c) fanlarga oid mavzularda mazkur fanlarga oid bo‘lmagan mavzuda xabarlar qoldirgan (flood) foydalanuvchilar;

2. Saytdagi sahifalarda izoh qoldirish

2.3. Foydalanuvchi izoh qoldirishda adabiy til qoidalariga amal qilishini shart. Jargon, argo, shevaga xos so‘zlar qo‘llanilgan mavzularni yaratgan shaxslardan mavzuni qoidalar bo‘yicha tahrir qilish so‘raladi, bu talab bajarilmasa, izoh o‘chiriladi.

2.4. Foydalanuvchi izoh qoldirishda KATTA HARFLAR, ortiqcha smayliklar, "Yordam bering...", "Qutqaring...", "Tezda yordam kerak..." kabi ortiqcha his-hayojonli sarlavhalar qo‘llanishi ogohlantirish va mavzuni tahrir qildirish uchun asos bo‘ladi.

2.5. Foydalanuvchi izoh qoldirishda boshqa foydalanuvchilarga tuhmat qilish, qo‘pol so‘zlar bilan so‘kish, hayotiga tahdid qilish, shaxsi, jinsi, millati, yoshi, e’tiqodi va irqini kamsitish taqiqlanadi.

2.6. Foydalanuvchi izoh qoldirishda O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi bo‘lgan harakatlar, shu jumladan qo‘poruvchilik, terrorizm, diniy ekstremizm va boshqa jinoyat belgilari bo‘lgan har qanday fikrlar, undovlar taqiqlanadi.

2.7.Foydalanuvchi izoh qoldirishda izoh qoldirilayotgan sahifa mazmuniga oid bo‘lmagan yoki shaxsiy, oilaviy va hakozo xabarlar yozish mumkin emas.

Ro‘yxatdan o‘tishning afzalligi nimada?

Ro‘yxatdan o‘tish afzalliklari:

  • Blokli test ishlash imkoniyati;
  • Mavzulashtirilgan testlarni ishlash imkoniyati;
  • Saytdagi izoh qoldirish imkoni bo‘lgan barcha sahifalarda foydalanuvchi o‘z fikirini qoldirish imkoniyati;

Fan va mavzular qanday tanlanadi?

Saytning yuqori qismidagi asosiy menyudan "Online test" tanlanib, "Mavzulashtirilgan testlar" sahifasiga kirib foydalanuvchi biror fanga doir mavzu testlarini ishlamoqchi bo‘lgan fanga tegishli mavzu tanlanadi va test ishlash boshlanadi.Test mazu doirasida 10 ta test savollari taqdim etiladi.Foydalanuvchi ushbu test savollarini ishlab bo‘lgach natijalar va test savollari tahlili(to‘g‘ri,noto‘g‘ri test savollari) ko‘rsatiladi.So‘ngra,o‘sha mavzu doirasida yana ishlanmagan 10 ta test savoli taqdim etiladi va tanlangan mavzuda ishlanmangan(sayt bazasidagi test savollari) test savollari berilaveradi.

Foydalanuvchi har bir ishlagan mavzu natijalari foydalanuvchi profilida aks etadi.

Test ishlashni boshlashdan oldin foydalanuvchilar test mavzusini yaxshilab o‘zlashtirib, keyin test ishlashga kirishishni tavsiya qilamiz.

Virtual imtihon shartlari qanday?

Virtual imtihon - bu abituriyent 1-avgust imtihoni shaklida 3 blokdan tashkil topgan test ishlash tizimidir. Bu yerda abituriyentlaro‘zlarining DTM imtihoniga qanchalik tayyor ekanliklarini bilib borishadi.

Virtual imtihon DTM tomonidan o‘rnatilgan tartib bo‘yicha shakllantirilgan, ya’ni 1-blokda to‘g‘ri yechilgan test uchun 3.1 ball, 2-blokda to‘g‘ri yechilgan test uchun 2.1 ball, 3-blokda to‘g‘ri yechilgan test uchun 1.1 ball beriladi va jami ball hisoblanib, test topshiruvchiga e’lon qilinadi.

Eslatma: 1-avgust.uz saytidagi virtual imtihon natijalari hech qanday yuridik ahamiyatga ega emas, ya’ni virtual imtihon natijasi sizga mamlakatimizdagi OTMga kirish huquqini bermaydi.

Top natijalar qanday shakllantiriladi?

Top natijalar foydalanuvchi Vertual imtihon topshirib olgan ballari asosida shakklantiriladi va yuqori ball olgan foydalanuvchilar ro‘yhatda yuqorilaydi.

Eslatma: Reyting faqatgina ro‘yxatdan o‘tgan va o‘z sahifasiga ega bo‘lgan foydalanuvchilar uchun amal qiladi.