Loyiha haqida

«1-avgust.uz» bu - Oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlariga tayyorlash uchun masofali o‘qitish va testdan o‘tkazish tizimi.

Mazkur portalda barcha xizmatlar bepul taqdim etiladi. 

Abituriyent «1-avgust.uz» saytida testdan o‘tib haqiqatda muvvaffaqiyat qozonish uchun qanchalik asosga ega ekanligini baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, abituriyent oliy o‘quv yurtiga kirish bo‘yicha noyob tajriba orttiradi.Orttirilgan tajriba saytda imtihondan o‘tgandan keyin abituriyentga imtihon paytida o‘z vaqtini to‘g‘ri, oqilona taqsimlash, shuningdek u yoki bu fandan berilgan savollarni yechishdagi afzalliklar va kamchiliklarni aniqlashga imkon beradi.

Boshqacha qilib aytganda,abituriyent haqiqiy kirish imtihonidan o‘tishga deyarli tayyor bo‘ladi va o‘zining muvaffaqiyatli tarzda Oliy o‘quv yurtiga kirish imkoniyatlarini yanada oshiradi.

Mazkur portalni ishlab chiqishda Davlat test markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlari portaliga joylashtirilgan statistik ma’lumotlardan foydalanilgan.