News

Mobil aloqa operatorlari 1-avgust kuni SMS va mobil internet xizmatlarini vaqtincha o‘chirishini ma’lum qildi

  • admin
  • 21:00, 29.07.2016
  • 0
  • Abituriyent-2016

O‘zbekiston mobil operatorlarining SMS va mobil internet xizmatlari 1-avgust kuni 8:30 dan 13:30 ga qadar taqdim etilmaydi.

Ovozli aloqa cheklovlarsiz ishlaydi.

UMSPrefectum MobileBeeline va Ucell bu haqdagi ogohlantirishni 29-iyul kuni o‘z saytlariga joylashtirdi. Keyinroq xuddi shu mazmundagi xabarnomalar boshqa operatorlar tomonidan ham yuborilishi mumkin.

Shu kuni mazkur xizmatlarni ko‘rsatishdagi har yillik tanaffus mamlakat telekommunikatsiya tarmoqlarida profilaktika ishlari olib borilishi bilan izohlanadi.

1-avgust kuni O‘zbekistonning barcha oliygohlarida kirish uchun test imtihonlari bo‘lib o‘tadi.


Boshqa yangiliklar:

Kechirasiz, fikr qoldirishingiz uchun ro‘yhatdan o‘tishingiz kerak