News

1-avgust kuni poytaxt jamoat transportlari soat 4:30dan ish boshlaydi

  • admin
  • 19:07, 28.07.2016
  • 0
  • Abituriyent-2016

Toshkent shahar hokimligining axborot xizmati ma’lum qilishicha, 2016-yilning 1-avgust kuni mamlakatimiz Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari bo‘lib o‘tishi munosabati bilan poytaxt jamoat transportlarining ish vaqtiga o‘zgartirish kiritildi.

Xabarda takidlanishicha, 1-avgustda avtobuslar va metropoliten tonggi 4:30 dan xizmat ko‘rsata boshlaydi. Toshkent shahar hokimligi, «Toshshahartransxizmat» uyushmasining ushbu qarori abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida qabul qilindi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston OTMlariga 20162017 o‘quv yili uchun bakalavriatura ta’lim yonalishiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar soni 663 mingdan oshib, rekord natija qayd etilgani haqida xabar bergandik. Respublikamiz Oliy ta’lim muassasalarida yangi 2016/2017 o‘quv yilida bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha kunduzgi bo‘limlarga umumiy qabul kvotasi 57 907 nafar miqdorida belgilangan.


Boshqa yangiliklar:

Kechirasiz, fikr qoldirishingiz uchun ro‘yhatdan o‘tishingiz kerak