News

Turin politexnika universitetiga kirish imtihonlarida abituriyentlardan biri 100 ballik test sinovidan 100 ball to‘pladi

  • 1-avgust.uz
  • 15:02, 26.07.2016
  • 2
  • Abituriyent-2016

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti 2016/2017 o‘quv yili uchun kirish imtihonlarining natijalarini e’lon qildi. Bu haqida "Uz24" internet nashri universitetning Feysbukdagi sahifasiga tayanib xabar bermoqda.

Universitetning Feysbukdagi sahifasida xabar berishicha, joriy yilda jami 350 kishi qabuli uchun 1281 abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, ulardan 1033 nafari hujjat topshirdi. O‘rtacha hisobda universitet konkursida bir o‘rin uchun 2,9 kishi “kurashdi” (o‘tgan yili kvota bo‘yicha 250 kishi bo‘lsa, bir o‘ringa 2,7 kishi to‘g‘ri kelgan).

Kirish imtihoni test sinovlari 27 iyun kuni Andijon shahrida(Farg‘ona vodiysi abituriyentlari uchun) va 11-12 iyul kunlari Toshkent shahrida (boshqa barcha viloyat abituriyentlari uchun) bo‘lib o‘tdi.

Imtihon jarayonini Italiyadan tashrif buyurgan 8 vakil nazorat qilishdi. Natijalarga ko‘ra, universitet bo‘yicha eng yuqori ballni toshkentlik abituriyent Egamov Hamidjon to‘pladi - u 100 ballik test sinovidan 100 ball oldi. Ushbu natija universitet tarixida hali hech kim erisha olmagan eng yuqori ko‘rsatkichdir, deyiladi xabarda.


Boshqa yangiliklar:

Kechirasiz, fikr qoldirishingiz uchun ro‘yhatdan o‘tishingiz kerak
  • Shovkat Usmonov 14:16, 30.07.2016

    Harakat qilsa bo'ladi mana

  • Abduraimov Murod 11:06, 28.07.2016

    awesome