News

Ingliz tili haqidagi qiziqarli faktlar

  • admin
  • 17:49, 21.01.2016
  • 0
  • Bu qiziq

Bugungi kunda yurtimizda juda katta e’tibor qaratilayotgan ingliz tili haqida qanday qiziqarli ma’lumotlar bilasiz? Mabodo bilmasangiz, afsuslanmang. Quyidagi maqola aynan siz uchun.

  • Ingliz tilida “month” – oy (yil hisobidagi) so‘ziga qofiyadosh so‘z  yo‘q;
  •  “Dreamt” — o‘tgan zamondagi tush ko‘rmoq, hayol surmoq ma’nosidagi bu so‘z  ingliz tilidagi “mt” bilan tugaydigan yagona so‘zdir;
  • Ingliz tilidagi boshqa so‘zlarga qaraganda “set” so‘zi eng ko‘p ma’noga ega.  Uning qo‘ymoq, joylamoq, sozlamoq, tartibga solmoq, to‘plam kabi bir qator ma’nolari bor;
  • “Underground” – metro“und” bilan ham boshlanib, ham tugaydigan yagona inglizcha so‘z;
  •  Ingliz tilidagi eng uzun bir bo‘g‘inli so‘z  — “Screeched” (xirillagan);
  • “-dous” bilan tugaydigan atigi to‘rttagina inglizcha so‘z bor: “tremendous” (vahimali), horrendous (daxshatli), stupendous (ajablanarli), hazardous (zararli, zaharli);
  • Pneumonoultramicroscopicsilicovolcanoconioses  esa eng uzun so‘zning ko‘plik shakli. Har ikkalasi ham 45ta harfdan tashkil topgan;
  • Yetti harfli “therein” so‘zing tarkibidagi biror harfni almashtirmasdan yana 10 ta so‘z xosil qilsa bo‘ladi:
    • the – aniq artikl;
    • there – u yerda;
    • he – u (erkak kishiga nisbatan);
    • in — ichida;
    • rein – jilov;
    • her – uni, unga, uning (ayol kishiga nisbatan);
    • here – bu yerda;
    • ere – oldin;
    • therein – anavi yerda;
    • herein – shu yerda, bu yerda.
  • “Stewardesses” (styuardessalar) so‘zi esa kompyuterda faqatgina chap qo‘lda yoziladigan eng uzun inglizcha so‘z;
  • “Uncopyrightable” — o‘n besh harfdan iborat, ammo birorta harf qayta takrorlanmaydigan yagona so‘z.

Maqolani tayyorlashda  "Daryo" nashri materiallaridan foydalanildi.


Boshqa yangiliklar:

Kechirasiz, fikr qoldirishingiz uchun ro‘yhatdan o‘tishingiz kerak