News

Respublikamizda abituriyentlar soni bo‘yicha rekord yangilandi

  • admin
  • 18:31, 19.07.2016
  • 0
  • Abituriyent-2016

18-iyul kuni OTMlarga hujjat topshirgan abituriyentlar soni butun respublika bo‘ylab 500 ming nafardan oshganligi haqida xabar bergan edik.

DTM saytidagi maxsus sahifada keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu xabar kiritilayotgan vaqtda hujjat topshirgan abituriyentlar soni butun respublika bo‘ylab, 609955  nafarni tashkil qilmoqda. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yili qayd etilgan rekord natijadan ham ko‘proqdir.

Aytib o‘tish joizki, o‘tgan yili 605 836 nafar abituriyent hujjat topshirgan edi. Bu bir o‘rin uchun o‘rtacha 10,45 kishi da’vogarlik qilgan deganidir.

Hozirgacha respublika bo‘yicha quyidagi OTMlarga eng ko‘p hujjat topshirilgan:

Kodi

OTM nomi

Kvota

Abituriyentlar soni

Konkurs

340 

 Termiz davlat universiteti

1842

35137

19.08

345

Qarshi davlat universiteti

1395

25035

17.95

301

Andijon davlat universiteti

1422

24400

17.16

351

Jizzax davlat pedagogika instituti

1695

23966

14.14

343

Farg‘ona politexnika instituti

1365 

21584 

15.81

Eng ko‘p o‘rtacha tanlov esa, har yilgidek Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialiga bo‘lib turibdi. Hozircha mazkur OTMga ajratilgan bitta o‘ringa o‘rtacha 23,92 kishi da’vogarlik qilmoqda. 

Abituriyentlar sonining sezilarli darajada ortib borishi yoshlarimizning oliy ta’lim olishga intilishlari ortib borayotganligidan dalolat beradi.

Ma’lumot uchun, joriy yilda bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha kunduzgi bo‘limlarga umumiy qabul kvotasi 57907, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha 19120 va to‘lov-kontrakt asosida 38787 nafar miqdorida belgilangan.

20-iyul kuni respublikamizdagi barcha OTMlarida bakalavriatura yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish yakunlanadi.


Boshqa yangiliklar:

Kechirasiz, fikr qoldirishingiz uchun ro‘yhatdan o‘tishingiz kerak