News

TATUda 17-iyuldan boshlab bakalavriatura yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun elektron hujjat topshirish to‘xtatildi

  • admin
  • 19:58, 18.07.2016
  • 0
  • Abituriyent-2016

Abituriyentlar yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qabul komissiyasiga hujjatlarni elektron ko’rinishda (Onlayn qabul) topshirishi 17-iyuldan to‘xtatildi. Bu haqida universitet matbuot xizmati xabar bermoqda.

Abituriyentlar tomonidan kelib tushgan har bir elektron ko‘rinishdagi ariza va hujjat 3 kun davomida ko‘rib chiqiladi. Davlat test markazining ma’lumotlar bazasiga ma’lumot kiritish 20-iyul kuni to‘xtatiladi. Shu sababli abituriyentlar Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga 20-iyul kuniga qadar shaxsan tashrif buyurib bakalavriatura yo‘nalishiga hujjatlarni topshirishlari mumkin. 


Boshqa yangiliklar:

Kechirasiz, fikr qoldirishingiz uchun ro‘yhatdan o‘tishingiz kerak