News

Abituriyentlar soni yarim milliondan oshdi

  • admin
  • 08:54, 18.07.2016
  • 2
  • Abituriyent-2016

Xabaringiz bor, bugungi kunda 2016/2017 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari ketmoqda. Joriy yilda bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha kunduzgi bo‘limlarga umumiy qabul kvotasi 57907, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha 19120 va to‘lov-kontrakt asosida 38787 nafar miqdorida belgilangan.

DTM saytida hujjat topshirgan abituriyentlar soni haqida onlayn ma’lumot beruvchi bo‘limda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu xabar kiritilayotgan vaqtda hujjat topshirgan abituriyentlar soni butun respublika bo‘ylab, 512040 nafarni tashkil qilmoqda.

Hozircha quyidagi OTMlarga abituriyentlar eng ko‘p hujjat topshirgan:

Kodi

OTM nomi

Kvota

Abituriyentlar soni

Konkurs

340 

 Termiz davlat universiteti

1842

30246

16.42

345

Qarshi davlat universiteti

1395

21932

15.72

301

Andijon davlat universiteti

1422

21318 

14.99

351

Jizzax davlat pedagogika instituti

1695

21247

12.54

312

Samarqand davlat universiteti

1615

18616

11.53

Eng ko‘p o‘rtacha tanlov esa, Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialiga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu OTMga ajratilgan bitta o‘ringa o‘rtacha 21.07 kishi da’vogarlik qilmoqda

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili hujjat topshirgan abituriyentlar soni bo‘yicha rekord natija qayd etilgan edi. Ya’ni, 605 836 ta abituriyent talaba bo‘lish uchun o‘z omadini sinab ko‘rishga ahd qilgan edi. Bu bir o‘ringa o‘rtacha tanlov 10.45 kishi da’vogarlik qilgan deganidir.

Qabul jarayonlari 20-iyulga qadar davom etadi.


Boshqa yangiliklar:

Kechirasiz, fikr qoldirishingiz uchun ro‘yhatdan o‘tishingiz kerak
  • Bo'riyev Muhammadjon 11:01, 20.07.2016

    Salom. TAQI Bino va Inshootlar qurilishi f/tiga qancha bo'lgan? Iltimos bilib bering

  • Qo'ziyeva Fotima 17:02, 19.07.2016

    admin kechirasiz JDPI ga informatika yo'nalishiga qancha bo'libdi shuni b b bering iltimos sizdan