News

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha elektron xizmat joriy etildi

  • admin
  • 21:34, 30.06.2016
  • 0
  • Abituriyent-2016

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilishning elektron xizmati” joriy etildi, deya xabar bermoqda universitet matbuot xizmati. JIDUga kirish uchun lozim bo‘lgan hujjatlarni universitet veb-sahifasi (www.uwed.uz) orqali topshirish zaruriyati tug‘ilganda, abituriyent saytning maxsus oynasi http://uwed.uz/admission2016/index.php giperhavola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri Universitet rektori nomiga ariza yozishi va chop etib universitet Qabul komissiyasiga o‘rnatilgan tartibda tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda topshirishi mumkin.

Joriy etilgan yangi xizmat hujjat qabul qilish jarayonida navbat paydo bo‘lishiga, ota-onalarning to‘planib qolishlariga yo‘l qo‘ymaslik va ayniqsa viloyatlarda, universitetdan olisda istiqomat qiluvchi abiturientlar uchun qulay imkoniyat yaratadi.

Eslatib o‘tamiz,Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bakalavriatiga hujjatlarni elektron shaklda topshirish” elektron xizmatini ishga tushirgan edi. Mazkur pilot loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilgach, ushbu elektron xizmatni barcha oliy ta’lim muassasalarida joriy qilish ko‘zda tutilgan.


Boshqa yangiliklar:

Kechirasiz, fikr qoldirishingiz uchun ro‘yhatdan o‘tishingiz kerak