News

TATU bakalavriatura yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun elektron hujjat topshirishlari mumkin

  • 1-avgust.uz
  • 21:59, 28.06.2016
  • 0
  • Abituriyent-2016

Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga (TATU) o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar o‘z uylaridan chiqmagan holatda qabul komissiyasiga hujjatlarni elektron shaklda yuborish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Toshkent Axborot texnologiyalari universitetining bakalavr bosqichiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni elektron shaklda yuborish” elektron xizmati pilot loyiha tarzida ishga tushirildi.

Mazkur xizmat orqali abituriyentlar TATU ga o‘qishga kirish uchun kerakli hujjatlarni va ariza shaklini qabul komissiyasiga shaxsan bormasdan turib topshirishlari mumkin. Mazkur pilot loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilgach, ushbu elektron xizmatni barcha oliy ta’lim muassasalarida joriy qilish ko‘zda tutilgan.

Manba: my.gov.uz


Boshqa yangiliklar:

Kechirasiz, fikr qoldirishingiz uchun ro‘yhatdan o‘tishingiz kerak