News

DTM saytida hujjat topshirgan abituriyentlar soni haqida onlayn ma’lumot beruvchi bo‘lim ishga tushdi

  • admin
  • 10:15, 24.06.2016
  • 21
  • Abituriyent-2016

2016/2017-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalari shakllantirildi. Unga ko‘ra, 2016/2017-o‘quv yili uchun bakalavrlarni 57 907 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha – 19 120 va to‘lov-kontrakt asosida – 38 787 nafar miqdorida; magistrlarni 5000 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha – 1548 va to‘lov-kontrakt asosida – 3452 nafar miqdorida qabul qilish belgilandi.

23-iyun kuni DTM saytida abituriyentlar uchun maxsus sahifa ishga tushdi. Mazkur sahifada OTMlarga hujjat topshirayotgan abituriyentlarning soni real vaqtda nechta bo‘lganligini kuzatish mumkin.

Shuningdek, ushbu sahifada respublikadagi barcha OTMlarning yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari ham ko‘rsatilgan.
Ushbu xabar kiritilayotgan vaqtda hujjat topshirgan abituriyentlar soni butun respublika bo‘ylab, 11761 nafarni tashkil qilmoqda.

Hozircha respublika bo‘yicha Andijon davlat universtetiga eng ko‘p, 5018(29-iyun holatiga ko‘ra) nafar abituriyent hujjat topshirgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili hujjat topshirgan abituriyentlar soni bo‘yicha rekord natija qayd etilgan edi. 605 836 ta bo‘lib, bir o‘ringa o‘rtacha tanlov 10,45 ni tashkil etgan.


Boshqa yangiliklar:

Kechirasiz, fikr qoldirishingiz uchun ro‘yhatdan o‘tishingiz kerak
  • Bosit ismoilov 15:51, 11.07.2017

    yaqin orada ishlidimi sayt

  • Bo'riyev Muhammadjon 09:43, 08.08.2016

    Saolm nima uchun DTM sayti ishlamayapti

  • Bo'riyev Muhammadjon 10:16, 21.07.2016

    Yana bir bor TAQI Bino va Inshootlar qurilishi f/ga qancha bo'lganini bilib bering. Iltimos!

  • admin 09:12, 18.07.2016

    Grand Gideon, 18.07.2016, 09:11 gacha oliygohga jami 7684 nafar abituriyent hujjat topshirgan.

  • admin 09:10, 18.07.2016

    Bo'riyev Muhammadjon, Assalomu alaykum!
    Bino va inshootlar qurilishi (turlari bo‘yicha) yo‘nalishida 18.07.2016, 09:09 gacha 1202 nafar o‘zbek guruhga, 172 nafar esa rus guruhga hujjat topshirilgan.

  • Grand Gideon 00:14, 18.07.2016

    salom........... irrigatsiya va melioratsiyaga qancha odam toppwirganini aytolmaysizmi ...................... oldindan rahmat

  • Bo'riyev Muhammadjon 15:47, 17.07.2016

    Salom. Toshkent arxitektura-qurilish instituti. Bino va inshootlar qurilishi fakultetiga qancha abituriyenlar topshirgaini bilolmayapman. Iltimos bilib bering.

  • admin 17:23, 13.07.2016

    Qo‘ziyeva Fotima, Assalomu alaykum!
    Ushbu servis DTMga tegishli bo‘lib, sahifada texnik nosozliklar kuzatilmoqda. JDPI "Informatika o`qitish metodikasi" yo‘nalishiga(13.07.2016 soat: 17:22) 588 nafar abituriyent hujjat topshirgan. 527 ta o‘zbek, 61 ta rus.

  • Qo'ziyeva Fotima 16:31, 13.07.2016

    admin ishlaydimi o'zi

  • Qo'ziyeva Fotima 16:49, 08.07.2016

    Assalomu aleykum admin sizdan iltimos men saxifaga kira olganim yo'q JDPI Informatika yo'nalishiga 07 sanagacha qancha topshirganini ko'rib bering iltimos

  • turdixo'jayeva Muattar 07:25, 07.07.2016

    assalomu alaykum nimaga virtual imtihonga kirib bo'lmayapti

  • Qo'ziyeva Fotima 09:06, 02.07.2016

    Assalomu aleykum yana saytga kirishni imkoniyati bo'lmayapti saytga kira olganlar bormi

  • admin 14:35, 30.06.2016

    Murodova Charosxon, Assalomu alaykum! Ushbu sahifa har sekundda yangilanadi.

  • admin 11:43, 30.06.2016

    Qo'ziyeva Fotima,Assalomu alaykum!
    Sahifa ishlamoqda.Qaytadan urinib ko‘ring.

  • Qo'ziyeva Fotima 08:56, 30.06.2016

    admin hammada ham shunday bo'layaptimi?yordam bering

  • Qo'ziyeva Fotima 08:47, 30.06.2016

    Assalomu aleykum men yangi maxsus saxifaga kira olmayapman

  • Murodova Charosxon 08:08, 30.06.2016

    Salom. Bu saxifadagi ma’lumotlar tez-tez yangilanib turadimi?

  • admin 21:37, 29.06.2016

    turdixo‘jayeva Muattar, Guliston davlat universiteti "Geografiya o‘qitish metodikasi"yo‘nalishida jami 133 nafar(29-iyun holatiga ko‘ra) abituriyent hujjat topshirgan.

  • admin 21:34, 29.06.2016

    Ergaheva Moxira, Assalomu alaykum!
    Siz kirgan paytingizda texnik nosozlik kuzatilgan bo‘lishi mumkin. Sahifa ishlamoqda, kirishingiz mumkin.

  • turdixo'jayeva Muattar 20:52, 29.06.2016

    GULDU geografiya yo'nalishi bo'yicha ma'lumot olsam bo'ladimi

  • Ergaheva Moxira 21:05, 28.06.2016

    Salom nimaga qabul sonlariga kirib b.mayapti