News

Toshkent davlat texnika universiteti qaytadan tashkil qilinadi

  • admin
  • 08:33, 12.05.2016
  • 0
  • Abituriyent-2016

Abu Rayxon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU)da kelgusi o‘quv yilidan boshlab ikkita yangi fakultet — Muhandislik tizimlari fakulteti va Muhandislik-fizika fakulteti ochiladi, deya xabar bermoqda. "Gazeta.uz". Mazkur o‘zgarishlar O‘zbekiston Prezidentining 2-maydagi OTM faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorida o‘z ifodasini topgan.

Hujjatda TDTU respublikaning muhandislik-texnika yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash sohasidagi bazaviy oliy ta’lim muassasasi hisoblanishi belgilab qo‘yildi.

TDTUning Neft va gaz fakulteti talabalar kontingenti Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkentdagi filialiga o‘tkaziladi.

Universitetning davlat rahbari tomonidan tasdiqlangan yangi tashkiliy tuzilmasi o‘z ichiga Mashinasozlik texnologiyalari fakulteti, muhandislik geologiyasi va konchilik ishi fakulteti va Energetika fakultetini ham o‘z ichiga oladi.

Bunga qadar TDTUda yettita fakultet faoliyat yuritar edi: Mexanika-mashinasozlik, Geologiya va konchilik ishi, Aviatsiya, Elektronika va avtomatika, Energetika, Neft va gaz hamda Sanoat tarmoqlarini boshqarish.

OTMdan «Gazeta.uz»ga xabar qilinishicha, ayni paytda TDTUda 2008 yilda Toshkent davlat aviatsiya instituti o‘rniga tashkil etilgan Aviatsiya fakulteti talabalarini nima kutayotgani haqida ma’lumot berilganicha yo‘q.

Universitet sanoatning asosiy yo‘nalishlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli strategik dasturlarni samarali amalga oshirish uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash darajasini tubdan yuksaltirish, jahonning muhandislik ta’limini rivojlantirish tajribasidan kelib chiqib kadrlar tayyorlashni tashkil etish va sifatini yaxshilash, shuningdek zamonaviy moddiy-texnik bazani yaratish maqsadlarida qayta tashkil etilayotgani qarorda o‘z ifodasini topdi.


Boshqa yangiliklar:

Kechirasiz, fikr qoldirishingiz uchun ro‘yhatdan o‘tishingiz kerak