News

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti 2016/2017 oʻquv yili uchun qabul kvotasi tasdiqlandi

  • admin
  • 12:23, 26.04.2016
  • 0
  • Abituriyent-2016

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bitiruvchilariga ish beruvchi korxonalar tomonidan talab yildan yilga oʻsib borayotganligi hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 18-apreldagi 115-sonli "Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetiga 2016/2017 oʻquv yili uchun qabul toʻgʻrisida"gi qaroriga asosan 2016/2017 oʻquv yili uchun bakalavriat bosqichiga talabalarni qabul qilish kvotasi 350 tagacha oshirildi. Bu haqida universitet matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Mashinasozlik texnologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha qabul kvotasi 150 dan 200 kishiga, “Axborot texnologiyalari va sanoatda BAT” yo‘nalishida 50 dan 100 kishigacha ko‘paytirildi. “Energetika” va “Sanoat-fuqarolik qurilishi va me’morchilik” mutaxassisliklariga o‘tgan yilgidek 25 kishidan qabul qilinadi.

“Mashinasozlik texnologiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturaga esa to‘lov-shartnoma asosida 25 nafar talabani qabul qilish rejalashtirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti 2009-yilning 27-aprelida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qarori bilan tashkil qilingan. 2013-yildan boshlab universitetda magistratura boʻlimi ham faoliyat yuritib kelmoqda.

Universitetga qabul uchun elektron ro‘yxatdan oʻtish 25-iyungacha admission.polito.uz rasmiy saytida amalga oshiriladi.

Universitet sanoatning yuqori texnologiyaga asoslangan tarmoqlari, sanoat va xoʻjalik obyektlarini loyihalashtirish hamda qurish uchun ilgʻor ta'lim standartlari darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlaydi.

Batafsil ma’lumot uchun quyidagi manzilga murojaat qiling:

Web sayt: www.polito.uz

E-mail: admission@polito.uz

Tel: 246-80-51, 246-80-52


Boshqa yangiliklar:

Kechirasiz, fikr qoldirishingiz uchun ro‘yhatdan o‘tishingiz kerak