News

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti abituriyentlarni online ro‘yxatga olish jarayonini boshladi

  • admin
  • 22:28, 19.04.2016
  • 0
  • Yangiliklar

Qabul qoidalari va hujjatlarni topshirish muddati


1-Bosqich. Online roʻyxatdan oʻtish: 11-apreldan 25-iyungacha. 

Online anketa toʻldirish online ro‘yxatdan o‘tish da amalga oshiriladi.

Qabul komissiyasi xonasida ushbu maqsadda ajratilgan kompyuterdan ham foydalanish imkoni mavjud.

Eslatma: Keyingi Bosqichlarga oʻtish uchun 1-bosqich majburiy hisoblanadi.

2-Bosqich. Hujjatlarni taqdim etish: 1-maydan 25-iyungacha.

Yodda tuting! Online shaklni toʻldirmagan abiturientlar hujjatlari qabul qilinmaydi va kirish imtihonlariga qoʻyilmaydi!

Abiturientlar quyidagi hujjatlarni qabul komissiyasiga topshirishi shart.

  • Ariza: ariza belgilangan tartibda toʻldirilishi va Qabul Komissiyasi mas’ul xodimi huzurida imzolanishi kerak;
  • Passport (asli va nusxa) – hujjatning asli qaytarib beriladi;
  • 086-U tibbiy ma’lumotnomasi;
  • 3x4 oʻlchamdagi 8 ta rangli fotosurat;
  • Harbiy guvohnoma (asli va nusxa) – hujjatning asli qaytarib beriladi;
  • 1 ta papka skoros’shivatel, konvert;
  • Oʻrta va oʻrta maxsus ta’lim haqidagi hujjat – attestat, diplom va ilovasi, diplom olinmagan boʻlsa – oʻqishni tugatganligi haqida Ma’lumotnoma (asli va nusxasi) – hujjatning asli qaytarib beriladi;
  • IELTS sertifikati (kamida 5 ball) yoki IELTS testiga roʻyxatga olinganlikni tasdiqlovchi hujjat.

Hujjatlar Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Qabul Komissiyasi tomonidan Kichik halqa yoʻli koʻchasi 17, Toshkent 100095 manzilida qabul qilinadi.


 TOʻLOV SHARTLARI


TTPU da oʻqish narxi: Barcha yoʻnalishlar boʻyicha Bakalavriat Bosqichi Kontrakt-toʻlovi 1 oʻquv yiliga 4950 AQSh dollari (toʻlovlar soʻmda OʻzR Markaziy Banki kursi boʻyicha amalga oshiriladi).


KIRISH IMTIHONI


3-Bosqich. Kirish imtihonlari: TTPU da oʻquv jarayoniga oid barcha masalalar shu jumladan kirish imtihonlari ham Politechnico di Torino(http://polito.it) tomonidan nazorat qilinadi.

Abituriyentlar quyidagi fanlardan test (online test) oʻtkazish orqali baholanadi: Matematika, fizika va mantiq.

Online test 40 savoldan iborat boʻlib 90 daqiqada davom etadi. Matematikadan 20 ta savol (46 daqiqa), fizikadan 10 ta savol (24 daqiqa) va mantiqdan 10 ta savol (20 daqiqa). Barcha savollar 5 ta javoblar variantidan iborat boʻlib, ulardan bittasi toʻgʻri.

Tanlangan javoblar quyidagicha baholanadi:

  • 1 ball– agar toʻgʻri javob tanlansa (1 ball qoʻshiladi)
  • -0.25– notoʻgʻri javob tanlansa (toʻplangan balldan 0.25 ball ayirib tashlanadi)
  • 0 ball– javob tanlanmagan boʻlsa (ball yoʻqotmaysiz)
  • Barcha fanlar boʻyicha test ingliz tilida oʻtkaziladi.
  • Test oʻtkazish vaqti: Iyul boshida (aniq sana va vaqti oldindan e’lon qilinadi).
  • Test oʻtkazish joyi: Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti, Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Toshkent 100095. Moʻljal: Talabalar shaharchasi, Nukus Kinoteatri. 

Viloyatlarda istiqomat qiluvchi abituriyentlarga qulay boʻlishi uchun hujjat topshirish jarayoni hamda online test ayrim viloyatlar hududlarida tashkil etilishi mumkin. 

  • Test natijalari toʻplangan ballar koʻrsatilgan roʻyxatda e’lon qilinadi (birinchi oʻrinda eng yuqori ball) va abituriyentlar toʻplagan ballari va boʻsh oʻrinlarga mos holda tanlanadi.
  • Test natijalari iyul oyida e’lon qilinadi.

IELTS


IELTS sertifikati (kamida 5.0 ball) avgustgacha topshirilishi shart.

3-Bosqichga asosan oʻqishga qabul qilinish huquqi saqlanishi uchun IELTS Sertifikati koʻrsatiladigan muddatgacha topshirilishi shart. IELTS sertifikatikoʻrsatilgan muddatgacha topshirilgandagina Abiturientlar TTPUga qabul qilinishi mumkin.

Agar abituriyent IELTS sertifikatini koʻrsatilgan muddatdan keyin taqdim etsa, faqatgina boʻsh oʻrinlar qolgan holatdagina oʻqishga qabul qilinish huquqi saqlanib qolinadi.

IELTS sertifikati uchun quyidagi manzil boʻyicha Britaniya Kengashiga murojaat qiling:

13-qavat, Blok A, Xalqaro biznes markazi, Amir Temur koʻchasi 107B, Toshkent, 100084, Oʻzbekiston. Telefon: (+99871) 2050660, elektron manzil:ielts.info@britishcouncil.uz

Roʻyxatdan oʻtish: https://ielts.britishcouncil.org/uzbekistan

  • IELTS sertifikatiga ega boʻlish uchun test uchun boʻsh oʻrinlar mavjudligini va sanasini aniqlashtirishingiz hamda on-layn shaklda roʻyxatdan oʻtishingiz kerak. Quyidagi Britaniya kengashi internet manziliga kiring: https://ielts.britishcouncil.org/uzbekistan
  • TTPU da sertifikatlar haqiqiyligi tekshiriladi.

Arizada 2-bosqich keltirilgan ma’lumotlarni abiturientning shaxsan oʻzi tekshirishi, toʻldirishi va imzolashi shart, taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar haqiqiy ekanligiga Abiturient javobgar hisoblanadi. TTPU taqdim etilgan ma’lumotlarni ogohlantirishsiz tekshirishni amalga oshirish huquqiga ega. Shu sababli anketada abituriyent oʻzining telefon raqamini kirirtishi lozim.

TTPU hech qanday agentlik/vakolatxonalar bilan vositachilik orqali qabul amalga oshirmaydi. Abituriyentlarga qabul masalalarida hech qanday agentlik/vositachilar bilan hamkorlik qilmasliklarini maslahat beramiz. TTPU vositachilarning harakatlari uchun javobgar emas.

Agar sizda hozirgi paytda IELTS sertifikati boʻlmasa, uni oʻz vaqtida topshirishga ulgurishingiz uchun Britaniya Kengashi veb-sahifasidagi ma’lumotlarni diqqat bilan oʻrganib chiqing.

Online anketani toʻldirish, ariza yoki boshqa ma’lumotlar uchun bevosita Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga elektron manzil yoki quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin:

E-mail: admission@polito.uz 

Telefon raqamlari: 246-80-51, 246-80-52


Boshqa yangiliklar:

Kechirasiz, fikr qoldirishingiz uchun ro‘yhatdan o‘tishingiz kerak