News

Toshkent shahridagi Inha universiteti abituriyentlar IELTS imtihonlariga qachon ro‘yxatdan o‘tish kerakligini ma’lum qildi

  • admin
  • 19:40, 07.04.2016
  • 0
  • Yangiliklar

Toshkentdagi Inha universiteti saytida universitetga kirish uchun IELTS’dan qo‘shimcha imtihonga 15-aprelgacha ro‘yxatdan o‘tish mumkinligi haqida e’lon berildi.

Shuningdek, bu yili ingliz tilidan imtihonlar o‘tkazilmasligi ma’lum qilingan. Universitetga kirishni istaganlar IELTS yoki TOEFL iBT sertifikatlarini topshirishlari kerak bo‘ladi.

“Toshkent shahridagi Inha universiteti statistikasining ko‘rsatishicha, abituriyentlar universitetga hujjatlarini so‘nggi kunlarda, ya’ni qabul komissiyasi o‘z ishini yakunlashiga bir necha kunlar qolgandagina topshirishadi. Ko‘pincha bu ishni litsey yoki kollejni bitirgandan so‘nggina amalga oshirishadi. Natijada, ularning ko‘pchiligi IELTS yoki TOEFL iBT dan bo‘ladigan imtihonlarga ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmay qolishadi.

O‘tgan yili, IELTS imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishga kechikib qolgan shunday abituriyentlar uchun Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan ingliz tilidan uchta imtihon tashkil etildi. 2016 yilda bunday imtihonlar o‘tkazilmaydi. Buning o‘rniga qo‘shimcha ravishda 28 may va 25 iyunda 2ta IELTS imtihoni o‘tkaziladi. Shuning uchun, bitiruv diplomini olishni kutib o‘tirmay, Toshkent shahridagi Inha universitetiga kelib, 2016 yilning 15-apreliga qadar birinchi imtihon uchun, 2016 yilning-16 mayiga qadar ikkinchi imtihon uchun IELTS imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish lozim. Buning uchun pasport va o‘qish joyidan ma’lumotnomaning o‘zi kifoya. Qayd etib o‘tamiz, joylar cheklangan”, deyiladi universitet saytida.

“O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda tashkillashtirilayotgan IELTS bo‘yicha ikkita yopiq imtihonlar, IELTS sertifikatini qo‘lga kiritish uchun so‘nggi imkoniyat hisoblanadi, sababi Britaniya Kengashining ma’lumotlariga ko‘ra, IELTS imtihonlari uchun barcha muddatlar avgust oyigacha band qilingan”, - deya qayd etdi Toshkent shahridagi Inha universitetining qabul bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Ruxsora Rahmatova.

Faqatgina ingliz tilidan sertifikatlarni o‘z vaqtida topshirgan abituriyentlar quyidagi imtihonlarga qo‘yiladi:

 - matematika va fizikadan Kompyuter va Dasturiy injiniring uchun: Academic IELTS 5.0 balldan yoki TOEFL iBT 50 balldan kam bo‘lmagan holda;
 - matematikadan Logistika uchun: Academic IELTS 6.0 balldan yoki TOEFL iBT 75 balldan kam bo‘lmagan holda.

Kirish imtihonlari 2016 yil 29-iyul kuni o‘tkaziladi. Hujjatlarni qabul qilish universitetning (www.inha.uz) saytida amalga oshirilmoqda. Hujjatlar 2016 yil 14 iyul soat 17:00 gacha qabul qilinadi.


Boshqa yangiliklar:

Kechirasiz, fikr qoldirishingiz uchun ro‘yhatdan o‘tishingiz kerak