News

DTM buyurtmachilar uchun diagnostik test materiallarini 20-dekabrdan nashr etishni yo‘lga qo‘yadi

  • admin
  • 19:22, 17.11.2016
  • 0
  • Yangiliklar

2016/2017-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari, oliy harbiy ta’lim muassasalari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (akademik litsey va kasb-hunar kollejlari)ga kiruvchilar ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinoviga tayyorgarlik ko‘rish uchun, pedagog xodimlar esa malaka toifasi olishda mutaxassislik fanlaridan tayyorgarlik ko‘rish uchun diagnostik test tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Davlat test markazi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Barcha xohlovchilar tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha test topshirish orqali o‘z bilim darajalarini sinab borishlari mumkin. Buning uchun tanlangan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha test savollari kitoblari va miqdori buyurtma qilinsa bas.

Abituriyent test sinovi orqali nafaqat o‘z bilimini sinab ko‘radi, balki savollar kitobi va javoblar varaqasi bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bir dona savollar kitobi va javoblar varaqasi narxi oliy, oliy harbiy ta’lim muassasalariga kiruvchilari uchun  12000 so‘m, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga kiruvchilar uchun 6000 so‘mni tashkil etadi.

Davlat test markazi tomonidan buyurtma asosida test materiallari (savollar kitoblari va javoblar varaqalari) tayyorlanadi hamda belgilangan muddatda belgilangan manzilga jo‘natiladi. Buyurtmani maxsus quyidagi telefon raqamlari orqali berish mumkin.

#

Hudud nomi

Telefon raqami

Mas’ul

1

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

99891-3723119

Abdullaev Muzaffar Atajanovich

2

Andijon viloyati

99890-5252763

Aliev Xusniddin Maxmudovich

3

Namangan viloyati

99891-3652029

Soliev Ikromjon Komiljonovich

4

Farg‘ona viloyati

99891-6611011

Shokirov Ismoilxon Ergashevich

5

Buxoro viloyati

99871-2351914

Devonxona

6

Xorazm viloyati

99891-1909405

Yakubov Baxtiyor Sabirovich

7

Surxondaryo viloyati

99871-2351914

Devonxona

8

Qashqadaryo viloyati

99893-4219583

Imomov A’zam Abduraximovich

9

Jizzax viloyati

99871-2351914

Devonxona

10

Navoiy viloyati

99891-3080139

Bekniyozov Nurxon Mardonovich

11

Samarqand viloyati

99891-3135222

Israyilov Esonboy Xo‘jakeldievich

12

Sirdaryo viloyati

99871-2351914

Devonxona

13

Toshkent viloyati

99871-2351914

Devonxona

14

Toshkent shahri

99871-2351914

Devonxona


Boshqa yangiliklar:

Kechirasiz, fikr qoldirishingiz uchun ro‘yhatdan o‘tishingiz kerak