News

Toshkent shaxridagi Inha universitetiga endilikda, abituriyent imtihonsiz o‘qishga qabul qilinishi mumkin bo‘ladi

  • 1-avgust.uz
  • 09:13, 15.01.2016
  • 3
  • Yangiliklar

Toshkent shahridagi Inha (IUT) universiteti navbatdagi tayyorlov kurslari ochilganligini ma’lum qiladi. 

Kursni yakunlagan tinglovchilarga kursni bitirganlik haqidagi sertifikat hamda o‘quv kursi yakunida o‘tkaziladigan test sinovlarida Matematika va Fizika fanlarining har biridan 60 balldan yuqori natijaga erishgan tinglovchilar (IELTS yoki TOEFL sertifikatiga ega bo‘lgan tinglovchilar) Inha universitetiga kirish imtihonlaridan ozod etilib, talabalikka qabul qilinadi.

Ushbu kurslarning asosiy maqsadi:

  • Kollej va akademik litseylar talabalarini IUT o‘quv-ta’lim olish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash;
  • IUTda keyingi ta’limni davom ettirishga moslashish va talabalikni his qilishga imkoniyat yaratish.

Tayyorlov kurslarida quyidagi fanlar o‘qitiladi: Matematika, Fizika va Ingliz tili.

Tayyorlov kurslarida o‘qish uchun taqdim etiladigan hujjatlar:

  • Ariza;
  • 4 dona fotosurat;
  • Pasport nusxasi;
  • Kollej va litseyni bitirganligi to‘g‘risida ma’lumot yoki shahodatnoma;

Qo‘shimcha ma’lumot:

• Tel.: (998 71) 289 99 99 (0301)

• E-mail: info@inha.uzadmission@inha.uze.irmatova@inha.uz 

• Rasmiy sayt: www.inha.uz

• Manzil: Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Ziyolilar ko‘chasi, 9-uy.


Boshqa yangiliklar:

Kechirasiz, fikr qoldirishingiz uchun ro‘yhatdan o‘tishingiz kerak
  • Qo'ziyeva Fotima 11:01, 20.07.2016

    darslar qaysi tilda bo'ladi

  • 1-avgust.uz 21:07, 30.03.2016

    Hozirgi vaqtda ushbu oliygohda Dasturiy injenering (CSE) va
    Kompyuter injenering (ICE) yo‘nalishlari mavjud. Ikkinchi mutaxassislik mavjud emas.

  • Berdiqulova Hafiza 20:49, 30.03.2016

    Qanaqa mutahisisliklar bor?
    Men UzMUni tamomlaganman Ikkinchi mutaxasislikga ham qabul qiladimi?