News

Toshkent shaxridagi Inha universiteti matematika tanlovi g‘oliblarini taqdirladi

  • admin
  • 09:10, 09.01.2016
  • 0
  • Yangiliklar

Maktab, litsey va kollej o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan matematika tanlovi «Ajoyib matematika festivali» doirasida tashkil etildi.  Bu haqida Toshkent shaxridagi Inha universitetining sayti xabar bermoqda.

matematik

Tanlov shartlariga ko‘ra, maktab, litsey va kasb-hunar kollejlarida matematika fanidan dars berayotgan o‘qituvchilar universitet tomonidan taqdim qilingan vazifalarni ingliz tilida yechishlari kerak edi. Tanlovga kelgan ishlarni Toshkent shahridagi Inha universitetining koreyalik mutaxassislari baholadilar.

1-o‘rin – tanlov hakamlar hay’atining qaroriga ko‘ra, birinchi o‘rinni Toshkent shahridagi Vestminster universiteti qoshidagi akademik litsey o‘qituvchisi Yelizaveta An qo‘lga kiritdi. Unga planshet kompyuteri topshirildi.

2-o‘rin – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litsey o‘qituvchisi Sardorbek Pirnapasov ikkinchi o‘rin va smartfon g‘olibiga aylandi.

3-o‘rin – Qashqadaryo viloyatining Kitob shahridagi 3-sonli akademik litsey o‘qituvchisi Oybek Sharapov uchunchi o‘rinni egalladi. Unga tashqi xotira diski topshirildi.

Tanlov g‘olibi Yelizaveta An so‘zlariga ko‘ra, «Ajoyib matematika» festivali matematika o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchun qiziqarli bo‘ldi. «Men tanlovda g‘olib bo‘lganimdan xursandman. Bu mening faoliyatim uchun juda muhim», dedi u.


Boshqa yangiliklar:

Kechirasiz, fikr qoldirishingiz uchun ro‘yhatdan o‘tishingiz kerak