News

365 soni

  • admin
  • 23:58, 16.11.2015
  • 1
  • Bu qiziq

365 soni hammamizga ma’lumki, bir yildagi kunlar sonini bildiradi. 365 ni 7 ga bo‘lsak, 1 qoldiq qoladi. Shu tub son 7 kunlik kalendarimizda muhim o‘rin tutadi. Aynan u tufayli har tugayotgan yil haftaning qaysi kunidan boshlangan bo‘lsa, o‘sha kunida tugaydi. Masalan, yangi yil haftaning dushanba kunidan boshlangan bo‘lsa, dushanba kunda tugaydi va keyingi yangi yilning birinchi kuni seshanbadan boshlanadi.

365 sonining boshqa hislati kalendar bilan bog‘liq emas: 365 = 10x10 + 11х11 + 12х12, ya’ni 365 10 va undan keyingi ikkita sonning kvadratlari yig‘indisiga teng:

10² + 11² + 12²=100 + 121 + 144 = 365.

Bu hali hammasi emas, 365 soni avvalgi sonlardan keyin keluvchi ikkita sonning kvadratlarining yig‘indisga ham teng: 13² + 14²=169 + 196 = 365.

Qobiljon Raximjonov tayyorladi


Boshqa yangiliklar:

Kechirasiz, fikr qoldirishingiz uchun ro‘yhatdan o‘tishingiz kerak
  • norva osiyo 14:48, 17.07.2016

    365