News

Million haqida bilasizmi?

  • admin
  • 00:42, 14.11.2015
  • 0
  • Bu qiziq

Million-avvaldan ulkan raqam hisoblanadi. Ko‘pincha, o‘zbek tilida "Million" so‘zi juda katta (miqdor) ma’nosini bildiradi va ishlatiladi. Bu sonni qanchalik dolzarbligini bilish maqsadida, ozgina vaqtimizni "Arifmetik gimnastika"ga sarflab ko‘raylik.

"Million" atamasi dastlab Italiyada qo‘llanilgan . 1478-yil Italiyaning Trevizo shaharchasida birinchi bor arifmetik ko‘rinishda (nomsiz) bosmadan chiqarilgan. Bundan ancha avvalroq 1250-yilda matematikaga oid bo‘lmagan kitobda sayohatchi Marko Polo (1324-yilda vafot etgan) o‘zining qo‘lyozmalarida "Millio" ko‘rinishida  yozgan.

Million raqamini bilish uchun, toza daftarga millionta nuqta qo‘yib chiqishga xarakat qilib ko‘ring. Mashg‘ulotni boshlaganingizda ishni hech tugamasligi va sekin o‘tishi million qanday katta son ekanligini his qilishingizga yordam beradi. Masalan: Milliongacha sanash uchun qancha vaqt ketishini hisoblab chiqaylik. Har bir sekundda nechta son aytilishini ko‘rib chiqamiz.

To‘xtamasdan bir sutkada 10 soatdan sanasangiz, tugatish uchun 1 oy vaqt sarflar ekansiz! Buni tahminan quyidagicha hisoblab chiqish mumkin: 1 soatda 3600 sekund, 10 soatda esa 36000; 3 sutkada esa siz 100000ga yaqin narsalarni hisoblashingiz mumkin.

Shunday qilib, million 100000dan 10 marta katta. Shuning uchun bu songa yetish uchun 30 kun kerak bo‘ladi.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, bizga yuklatilgan vazifa ya’ni daftarga millionta nuqta qo‘yib chiqish uchun bir necha hafta astoydil va mashaqqatli mahnat talab etilar ekan.

Bundan tashqari, bir qiziq ma’lumotga e’tibor qaratsak: bir dona turli qiymatli dollar kupyurasi bir gramm og‘irlikda bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, 1000000 ta dollar roppa-rosa bir tonnani tashkil etadi.


Boshqa yangiliklar:

Kechirasiz, fikr qoldirishingiz uchun ro‘yhatdan o‘tishingiz kerak