News

Ingliz va rus tillarini o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun eng ommabop internet kanallari

  • admin
  • 11:19, 15.09.2015
  • 3
  • Tavsiyalar

Zamonaviy dunyoda ingliz tilini o‘rganish uchun minglab metodlar o‘ylab topilgan. Masalan, har kuni YouTube tarmog‘i orqali ham ingliz tilini o‘rgatuvchi kanallardan birini yoqib, professional ingliz tili o‘qituvchilarining bu boradagi mutlaqo bepul darslaridan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish mumkin.

Ingliz tilidagi kanallar

"Ingliz tilini Runi bilan birgalikda o‘rganamiz" — Kanaldagi asosiy videolar ingliz tili garammatikasini chuqur o‘rganishga qaratilgan;

"Reychelning ingliz tili" — ushbu kanal ingliz tilidagi talaffuzda qiyanalayotgan insonlar uchun mo‘ljallangan.

Anglo-Link kanalidagi materiallar xilma-xilligi bilan diqqatingizni jalb etadi. Aksariyat darslar grammatikani yaxshilashga qaratilgan.

Ingliz tili darsi 101 — ushbu kanal ingliz tilidagi oddiy narsalar haqida bo‘lib, grammatikani biroz tushunadigan, ammo talaffuzda muammolarga duch kelayotgan o‘rganuvchilar uchun juda foydalidir. 

Rus tilidagi kanallar

Puzlle English — ushbu kanalda grammatik masalalar, chet tilini o‘rganish sirlari va maslahatlar, seriallardagi xorijiy tildagi qiziqarli iboralarning talaffuz etilishi kabi turli mavzudagi videodarslar mavjud;

Albert Kanovskiy — mashhur tilshunos Raymond Myorfi metodi bo‘yicha videodarslar.

Английский как по нотам — juda quvnoq va mazmunli kanal. Bu yerda siz o‘z ingliz tilingizni musiqa va kuy-qo‘shiqlar orqali o‘rganishingiz mumkin.

Irina Shipilova kanali — O‘z ichiga bir nech agrammatik aspektlarni qamrab oladi. Audiodarslar bo‘yicha katta omborga ega. Ushbu kanalda inlgiz tili bilan birgalikda yana 3 ta xorijiy til o‘rganiladi.

Jobs maktabida ingliz tili — ingliz tilini o‘rganish uchun yana bir qiziqarli, ko‘ngilochar kanal. Kanalda xorijiy tilni miriqib, foydali o‘rganish mumkin.

Oxana Dolinka — zamonaviy ingliz tilini o‘rganish uchun jonli sayt. Boshlang‘ich o‘rganuvchilar uchun juda qulay.


Boshqa yangiliklar:

Kechirasiz, fikr qoldirishingiz uchun ro‘yhatdan o‘tishingiz kerak
  • Aminov Shakhzod 11:40, 20.07.2016

    Admin,the site works pretty well although is made of Joomla:)

  • admin 11:40, 09.05.2016

    Rejamizda bor.

  • Abdirimova Gulhayo 23:09, 23.03.2016

    Nima uchun saytga fransuz tili kiritilmagan?