News

2017-yilda OTMlarga 729 947 nafar abituriyent hujjat topshirdi

  • 1-avgust.uz
  • 08:30, 16.07.2017
  • 0
  • Abituriyent-2017

15-iyul kuni respublikadagi barcha OTMlarda bakalavriatura yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirish jarayonlari o‘z nihoyasiga yetdi.

Mazkur yilda rekord natija qayd etilib, jami 729 947 nafar abituriyent hujjat topshirdi hamda bir o‘ringa 10,96 kishi da’vogarlik qilmoqda.

Eslatib o‘tish joizki, o‘tgan yili 663 298 ta hujjat topshirilgan edi. Bu bir o‘rin uchun o‘rtacha 11,51 kishi da’vogarlik qilgan deganidir.

Respublika bo‘yicha eng ko‘p hujjat Termiz davlat universitetiga topshirildi. Mazkur oliygohning talabasi bo‘lish istagini 36 546 nafar abituriyent bildirgan. Bu bir o‘ringa 20,30 nafar abituriyent kurash olib bormoqda deganidir.

Keyingi o‘rinlardan Andijon davlat universiteti (29 850 nafar), Qarshi davlat universiteti (29 529 nafar), Farg'ona politexnika instituti (27 566nafar), Jizzax davlat pedagogika instituti (26 970nafar) joy egallagan.

Kodi

OTM nomi

Kvota

Abituriyentlar soni

Konkurs

340 

 Termiz davlat universiteti

1800

36546

20.30 

301

Andijon davlat universiteti

1422

29850

20.99

345

Qarshi davlat universiteti

1400

29529

21.09

351

Jizzax davlat pedagogika instituti

1820

26970

14.82

343

Farg‘ona politexnika instituti

1915 

27566

14.39

Eng kam abituriyent Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida qayd etilgan bo‘lib, mazkur OTMga 225  kishi hujjat topshirgan.

Eng katta o‘rtacha tanlov esa, har yilgidek Qarshi davlat universiteti bo‘ldi. Mazkur OTMga ajratilgan bitta o‘ringa o‘rtacha 21.09 kishi da’vogarlik qilmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy yilda bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha kunduzgi bo‘limlarga umumiy qabul kvotasi 66316 nafar bo‘lib, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha 18194 ta va to‘lov-kontrakt asosida 48122 ta, magistrlar uchun 5000 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha 1556 nafar va to‘lov-kontrakt asosida 3444 nafar etib belgilangan.

Test sinovlari 1-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.


Boshqa yangiliklar:

Kechirasiz, fikr qoldirishingiz uchun ro‘yhatdan o‘tishingiz kerak