News

Hujjat topshirgan abituriyentlar soni 500 mingdan oshdi

  • 1-avgust.uz
  • 08:26, 12.07.2017
  • 0
  • Abituriyent-2017

Xabaringiz bor, bugungi kunda 2017/2018 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari qizg‘in davom etmoqda. 2017/2018 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul bo‘yicha umumiy kvota bakalavrlar uchun 66316 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha 18194 ta va to‘lov-kontrakt asosida 48122 ta, magistrlar uchun 5000 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha 1556 ta va to‘lov-kontrakt asosida 3444 ta etib belgilangan.

DTM saytida hujjat topshirgan abituriyentlar soni haqida onlayn ma’lumot beruvchi bo‘limda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu xabar kiritilayotgan vaqtda hujjat topshirgan abituriyentlar soni butun respublika bo‘ylab, 508857 nafarni tashkil qilmoqda.

Hozircha quyidagi OTMlarga abituriyentlar eng ko‘p hujjat topshirgan:

Kodi

OTM nomi

Kvota

Abituriyentlar soni

Konkurs

340 

 Termiz davlat universiteti

1800

26486

14.71

345

Qarshi davlat universiteti

1400

22209

15.86

301

Andijon davlat universiteti

1422

22032

15.49

351

Jizzax davlat pedagogika instituti

1820

20397

11.21

312

Samarqand davlat universiteti

2000

18674

9.34

Eng ko‘p o‘rtacha tanlov esa, Andijon tibbiyot institutiga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu OTMga ajratilgan bitta o‘ringa o‘rtacha 15.94 kishi da’vogarlik qilmoqda

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili hujjat topshirgan abituriyentlar soni bo‘yicha rekord natija qayd etilgan edi. Ya’ni, 663 298 ta abituriyent talaba bo‘lish uchun o‘z omadini sinab ko‘rishga ahd qilgan edi. Bu bir o‘ringa o‘rtacha tanlov 11,51 kishi da’vogarlik qilgan deganidir. Bu yil esa, o‘tgan yilgi rekord natija yangilanishi kutilmoqda.

Qabul jarayonlari 15-iyulga qadar davom etadi.


Boshqa yangiliklar:

Kechirasiz, fikr qoldirishingiz uchun ro‘yhatdan o‘tishingiz kerak