News

Maqsadli qabul bo‘yicha o‘qishga kira olmagan abituriyentlar kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi...mi?

  • 1-avgust.uz
  • 22:45, 28.06.2017
  • 0
  • Abituriyent-2017

Prezidentimizning 2017-yil 5-mayda imzolagan qarorida iqtisodiyot tarmoqlari, jumladan, respublikaning olis va borish qiyin hududlari uchun mutaxassislarga bo‘lgan o‘rinli ehtiyojni qondirishma maqsadida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasiga tegishli tarmoqlar va hududlar bo‘yicha maqsadli qabul ko‘rsatkichlarini belgilash kabi vazifalar keltirilgan.

Maqsadli qabul nima degani?

Maqsadli qabul bu — muayyan oliy ta’lim muassasasiga Prezidentimizning 2017-yil 5-mayda imzolagan qarorida belgilangan viloyatlarga davlat granti bo‘yicha ajratilgan kvotalarni nazarda tutadi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi oliy ta’lim muassasalari imkoniyatlaridan kelib chiqib, viloyatlardan kelgan abituriyentlarni Davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish ko‘rsatkichlarini belgilaydi. Mazkur tanlovda ishtirok etib, o‘qishga tavsiya etilganlarga belgilangan viloyatda va joyda ishlab berish sharti qo‘yiladi.

Abituriyentlar orasida maqsadli qabul bo‘yicha savollar tug‘ilayotganini saytimiz orqali kelib tushayotgan murojaatlardan bilish mumkin. Ularning aksariyatida mazmunan bir xil bo‘lgan savol tug‘ilmoqda. Savol esa quyidagicha:

— Tegishli maqsadli qabul bo‘lgan oliygoh yo‘nalishiga hujjat topshirsam va to‘plangan test ballarim talabalikka qabul qilinishim uchun yetarli bo‘lmasa konktrakt asosida talabalikka qabul qilinamanmi?

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish to‘g‘risida Nizomga”da ko‘rsatilganidek, maqsadli qabul tanlovida qatnashib davlat granti asosida qabul qilinmagan abituriyentlar mazkur ta’lim yo‘nalishida to‘plangan test ballari bilan umumiy to‘lov-kontrakt doirasidagi tanlovda ishtirok etadi. Shuningdek, abituriyentning to‘plangan test ballari umumiy kvotadagi davlat granti baliga yetgan taqdirda yoki umumiy kvotadagi konktrakt o‘tish baligacha bo‘lgan ballar orasida bo‘lganda ham kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Maqsadli qabul kvotalari tibbiyot va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlovchi oliyoghlarning tegishli yo‘nalishlariga ajratilgan. Maqsadli qabul yo‘nalishlari mavjud oliygohlar quyidagilardir:

Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida

1.Toshkent davlat agrar universiteti

2. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti

3. Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti

4. Andijon qishloq xo‘jaligi instituti

Tibbiyot yo‘nalishlarida

1. Toshkent tibbiyot akademiyasi

2. Toshkent tibbiyot pediatriya instituti

3. Toshkent davlat stomatologiya instituti

4. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali

5. Toshkent tibbiyot pediatriya instituti Nukus filiali

6. Andijon tibbiyot instituti

7. Buxoro tibbiyot instituti

8. Samarqand tibbiyot instituti

Mazkur oliygohlardagi maqsadli qabul kvotalari mavjud bo‘lgan yo‘nalishlari haqidagi ma’lumotlarni DTMning “Qabul-2017” maxsus sahifasi orqali tanishishingiz mumkin.


Boshqa yangiliklar:

Kechirasiz, fikr qoldirishingiz uchun ro‘yhatdan o‘tishingiz kerak