News

DTM saytida hujjat topshirgan abituriyentlar soni haqida onlayn ma’lumot beruvchi bo‘lim ishga tushdi

  • 1-avgust.uz
  • 18:09, 19.06.2017
  • 0
  • Abituriyent-2017

2017/2018 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalari shakillantirildi. Unga ko‘ra, 2017/2018 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha umumiy kvota bakalavrlar uchun 66316  nafar, shu jumladan, davlat rantlari bo‘yicha 18194 ta va to‘lov kontrakt asosida 48122 ta, magistrlar uchun 5000 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha 1556 ta va to‘lov-kontrakt asosida 3444 ta etib belgilangan. 17-iyun kuni DTM saytida abitiriyentlar uchun “Qabul-2017”  nomli maxsus sahifani ishga tushirdi. Mazkur sahifada OTMlariga hujjat topshirayotgan abituriyentlarning soni real vaqtda nechta bo‘lganligini kuzatish mumkin.

Shuningdek, ushbu sahifada respublikaning barcha OTMlarning yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari ham ko‘rsatilgan. Ushbu xabarni kiritayotgan vaqtda hujjat topshirgan abituriyentlar soni butun respublika bo‘ylab, 10281 nafarni tashkil qilmoqda.

Hozircha respublika bo‘yicha Andijon davlat universitetida eng ko‘p, 692(19-iyun holatiga ko‘ra) nafar abituriyent hujjat topshirgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili hujjat topshirgan abituriyentlar soni bo‘yicha rekord natija qayd etilgan edi. Respublika bo‘yicha OTMlariga hujjat topshirgan abituriyentlar soni 663,298 nafar bo‘lib, bir o‘ringa o‘rtacha tanlov 11,51 kishi da’vogarlik qilgan edi. 2017/2018 o‘quv yili uchun bo‘lib o‘tadigan test sinovlariga ishtirok etish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar soni 795 mingga yaqinlashishi kutilmoqda.


Boshqa yangiliklar:

Kechirasiz, fikr qoldirishingiz uchun ro‘yhatdan o‘tishingiz kerak