News

Rossiya OTMlari Toshkentdagi filiallarining qabul kvotalari tasdiqlandi

  • 1-avgust.uz
  • 15:54, 05.06.2017
  • 0
  • Abituriyent-2017

2017/2018 o‘quv yilida Moskva davlat universitetining Toshkentdagi filiali — 100 bakalavr va 20 nafar magistrni, Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali 235 talabani o‘qishga qabul qiladi. Qabul kvotalari Vazirlar Mahkamasining 26-may va 31-maydagi qarorlarida belgilangan. Hujjat matni Lex.uz'da ma’lum qilindi.

Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent filialining “Korxonalar va tashkilotlar iqtisodiyoti” fakulteti — 25 nafar, “Gaz qazish, gaz-kondensat va yerosti omborlari obyektlari ekspluatatsiyasi va xizmat ko‘rsatish”, “Geologik razvedka texnologiyasi”, “Neft obyektlari ekspluatatsiyasi va xizmat ko‘rsatish” va boshqa barcha fakultetlari 35 nafardan talaba qabul qiladi.

Moskva davlat universitetining Toshkentdagi filiali “Amaliy matematika va informatika” hamda “Psixologiya” fakultetlariga 50 nafardan va magistraturaga — 20 nafar (har ikki fakultetdan 10 nafardan) talaba qabul qilinadi.

Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish 15-iyundan 30-iyunga qadar shuningdek, Moskva davlat universitetining Toshkentdagi filiali esa 20-iyundan 10-iyulga qadar qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali 2016/2017 oʻquv yilida 325 nafar talabani qabul qilgan edi.


Boshqa yangiliklar:

Kechirasiz, fikr qoldirishingiz uchun ro‘yhatdan o‘tishingiz kerak