News

O‘zbekistondagi 4ta OTM Yevroittifoq universitetlari bilan hamkorlik qiladi

  • admin
  • 20:18, 08.11.2016
  • 0
  • Yangiliklar

O‘zbekistondagi to‘rtta oliy ta’lim muassasasi Erasmus+ dasturi bo‘yicha Yevropa ittifoqi hududidagi universitetlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Yevropa ittifoqining Toshkentdagi delegatsiyasi ma’lumotiga tayanib «Gazeta.uz» xabar bergan.

Mazkur hamkorlik dasturi doirasidagi oliy ta’lim muassasalar quyidagilar:

  1. Guliston davlat universiteti
  2. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali
  3. Navoiy davlat pedagogika instituti
  4. Nukus davlat pedagogika instituti

Erasmus+ dasturi tanlovi yakunlari bo‘yicha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining yangi loyihasini moliyalashtirilish belgilab olingan bo‘lib, uning bazasida yangi Jan Monne nomidagi Yevropa huquqi va siyosati kafedrasi tashkil etilib, magistrlar uchun yangi fanlararo kurs tashkil etiladi.

Joriy yilda Erasmus+ uchun O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari salohiyatini oshirish bo‘yicha yettita loyiha tasdiqlandi. YeIning 15 davlatidagi 23 universitet Toshkentdagi 6 ta, hududlardagi 16 ta OTM bilan hamkorlikni amalga oshiradi. O‘zbekistondagi 38 ta OTMning 240 nafardan ziyod vakili 45 ta Yevropa universitetida malaka oshirib, tahsil oladi. Yevropadan esa 100 nafarga yaqin o‘qituvchi va doktorantlar O‘zbekistonga tashrif buyurib, ma’ruza o‘qiydi, tadqiqot olib boradi va tajriba almashadi.


Boshqa yangiliklar:

Kechirasiz, fikr qoldirishingiz uchun ro‘yhatdan o‘tishingiz kerak