News

Toshkent avtomobil yo‘llar instituti qayta tashkil etiladi

  • 1-avgust.uz
  • 19:29, 07.09.2016
  • 0
  • Yangiliklar

Toshkent avtomobil yo‘llar instituti Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish va foydalanishga topshirish institutiga aylantiriladi. Bu Prezident Islom Karimovning 26-avgustda tasdiqlanib, 5-sentyabrda Lex.uz saytida e’lon qilingan qarorida ko‘zda tutilgan.

Hujjatda qayd etilishicha, OTMni qayta tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad avtomobil yo‘llarini qurish va Milliy avtomagistrallar, shuningdek, respublika va mahalliy ahamiyatga molik yo‘llarni istiqbolli rivojlantirish loyihalarini amalga oshirishda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirishdan iborat.

Qarorga muvofiq, Toshkent avtomobil yo‘llar institutining tugatilayotgan yoki qayta tashkil etilayotgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida tahsil olayotgan bakalavr va magistratura talabalari tegishli O‘zbekiston OTMlarining mos keluvchi yo‘nalishlariga o‘tkaziladi.

Toshkent avtomobil yo‘llar instituti 1972-yilda Toshkent politexnika institutining avtomobil yo‘llar fakulteti negizida tashkil etilgan.

Avtomobil yo‘llari va inshootlarini loyihalashtirish va qurish hamda Avtomobil transporti va transport tizimlarini foydalanishga topshirish fakultetlari beshtadan kafedrani o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, OTM tuzilmasida oltita fakultetlararo umumta’lim kafedralari faoliyat ko‘rsatadi.

Toshkent avtomobil yo‘llar institutining tugatilayotgan yoki qayta tashkil etilayotgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida tahsil olayotgan bakalavr va magistratura talabalari tegishli O‘zbekiston OTMlarining mos keluvchi yo‘nalishlariga o‘tkaziladi. Qayta tashkil etilgan institut saytida e’lon qilingan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri buyrug‘iga binoan, ushbu OTMlar Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent temir yo‘l muhandislari institutidir.

Eslatib o‘tamiz, bungacha TAYIda to‘rtta fakultet mavjud edi.


Boshqa yangiliklar:

Kechirasiz, fikr qoldirishingiz uchun ro‘yhatdan o‘tishingiz kerak