
Test natijalari haqida SMS-xizmatlar xabar bera boshladi
Click tizimi va 5100 SMS xizmati OTMlarga kirish imtihonlari javoblarni 19-avgust, juma kunidan boshlab tarqatishni yo‘lga qo‘ydi. Avvalroq, abituriyentlar test natijalarini SMS orqali bilishlari mumkinligi haqida ma’lum qilgandik.
Natijalarni *880# USSD-so‘rovi yoki ommabop “Telegram” birlahzalik xabarnomalar ilovasi orqali bilib olish mumkin. Bir so‘rovning qiymati, o‘tgan yildagidek, 1500 so‘mni tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Bankining joriy kursi bo‘yicha ushbu qiymat taxminan 0,50 AQSH dollariga teng bo‘lmoqda. Shuni takidlash joyizki, so‘rov qiymati CLICK tizimiga ulangan plastik karta hisobidan yechiladi.
Natijalarni USSD-so‘rovlar orqali olish uchun mobil telefonda *880# terish va paydo bo‘lgan menyuda “DTM-2016” bandini tanlash, so‘ngra tizim yo‘riqlarini bajarish lozim.
Natijalarni “Telegram” mobil ilovasi orqali olish uchun kontaktlar ro‘yxatiga DTM botini (@DTMbot yoki @DTMrobot) qo‘shish va unga /start buyrug‘ini jo‘natish kerak. Shundan so‘ng bot til tanlashingizni va boshqa kerak bo‘lgan ma’lumotni so‘raydi.
Bundan tashqari, 19-avgustdan boshlab 5100 SMS xizmati tomonidan ham test natijalari to‘g‘risida xabar berila boshlandi.
Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirgan abituriyentlar test natijalarini 20-avgust kuni ertalab 9:00 dan boshlab bilib olishlari mumkin bo‘ladi. “O‘zbekiston” telekanalining “Axborot” informatsion dasturi Davlat Test Markazi e’loniga asoslanib, bu haqda ma’lum qildi.
Yangilandi: 20:10
dtm.uz saytida test natijalari qachon chiqadi ?
qachon joylashtiriladi
Hozircha joylashtirilmadi.
elektron variant chiqmadimi dtm.uz da