News

Toshkentdagi Inha universiteti abituriyentlarning imtihonda olgan baholarini ko‘rish imkoniyatini beruvchi tizimni ishga tushirdi

  • admin
  • 17:42, 16.08.2016
  • 0
  • Abituriyent-2016

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) 2016-2017 o‘quv yili uchun kirish imtihonlarida abituriyentlarning imtihonda olgan baholarini ko‘rish imkoniyatini beruvchi tizimni ishga tushirdi.  Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, 12-avgust kuni universitet rasmiy saytida muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar ro‘yxati e’lon qilingan edi, to‘liq ma’lumotlar (ya’ni barcha abituriyentlarning to‘liq baholari) ushbu hafta e’lon qilinishi aytib o‘tilgandi.

Koreyadagi Inha Universiteti qoidalariga ko‘ra, imtihon natijalarini faqatgina abituriyentlarning o‘zlari ko‘ra olishlari lozim. Bu imtihondan o‘ta olmagan abituriyentlarning ma’lumotlarini sir saqlash uchun qaratilgan.

“Kompyuter va dasturiy injiniring” yo‘nalishiga topshirgan abiuteriyentlar natijalarinihttps://trs01.uwayapply.com/pass/2konqcx100 havolasi orqali bilib olishlari mumkin, “Logistika” yo‘nalishiga topshirganlar esa https://trs01.uwayapply.com/pass/2konqcx200 sahifasiga kirishlari lozim.

Abituriyentlar o‘z natijalarini bilishlari uchun universitetda ro‘yxatdan o‘tayotganda berilgan ID raqami, pasport raqami (misol uchun: AA0000000) va tug‘ilgan sanalarini (yil-oy-kun) kiritishlari kerak bo‘ladi.

Shu bilan birgalikda, apellyatsiyaga yozilish imkoniyati ham mavjud. Buning uchun avvaldan 289 99 99 (0-400) raqami orqali yoki admissions@inha.uz elektron pochtasiga xabar yuborib, yozilish kerak.

Apellyatsiya 18-19 avgust kunlariga rejalashtirilgan.

Abituriyentlar imtihonda tushgan savollarning to‘liq javoblari bilan quyidagi havola orqali tanishishlari mumkin: https://inha.uz/en/examinationsamplequestions/


Boshqa yangiliklar:

Kechirasiz, fikr qoldirishingiz uchun ro‘yhatdan o‘tishingiz kerak