Ot. Otlarning semantik klassifikatsiyasi

Umumiy ma’lumotlar


Predmetlik ma’nosini ifodalaydigan va grammatik son, kelishik, rod kategoriyalariga ega bo‘lgan mustaqil so‘zlar ot deb ataladi: das Buch (kitob), der Bleistift (qalam) kabi.Grammatikada ot so‘zi keng ma’noda qo’llanilib, u jonli narsalarning nomini (der Mensch, das Fohlen, der Storch, die Wespe), konkret narsalarni bildiruvchi so‘zlarni (die Birne, der Stein), geografik nomlarni (das Usbekistan, das Deutschland), mavhum hodisa, holat va shu kabi tushunchalarni ifodalovchi so‘zlarni (das Geschrei, die Liebe, die Bewegung, der Frieden), o‘simliklarning nomlarini (die Rose), payt ma’nosini anglatadigan so‘zlarni (der Herbst) ham o‘z ichiga oladi.Ot turkumiga oid so‘zlar (wer?) kim? yoki (was?) nima? So‘rog‘iga javob bo‘ladi: das Mädchen kommt (qiz kelyapti), die Schule ist groß (maktab katta) kabi.

    Nemis tilida ot leksema o‘zi olgan kelishik formasiga muvofiq ega, to‘ldiruvchi, nominativ gap, izohlovchi, undalma vazifasida keladi.


Otlarning semantik klassifikasiyasi (Die semantische Klassifikation der Substantive)


Otlar anglatgan ma’nolariga ko‘ra dastlab ikkiga bo‘linadi:

I. Konkret otlar (die Konkreta)

II. Abstrakt yoki mavhum otlar (die Abstrakta).

 I .Konkret otlar o‘z navbatida yana quyidagi gruppalarga bo‘linadi:

 1) turdosh otlar (die Gattungsname) bir xildagi predmet, shaxs yoki hodisalarning umumlashtiruvchi nomini bildiradi. Masalan: der Mensch, die Stadt, die Nachtigal, die Blume;

2) jamlovchi otlar (die Sammelnamen) ko‘pgina birlik formada kelib, yakka-yakka predmetlarni emas, balki bir butunga jamlangan predmetlarning to‘dasini, yig‘indisini bir butun holda ko‘rsatadi. Masalan: das Gebirge, das Volk, die Herde, die Bevölkerung, das Gemüse;

3) yakka otlarda esa ularning birlik formasida ham, ko‘plik formasida ham predmetlar yakka-yakka tasavvur qilinadi. Masalan: der Soldat.

4) donalab sanab bo‘lmaydigan otlar (die Stoffnamen) ham bir butunga jamlangan predmetlarni bildiradi. Bu xildagi otlarni donalab sanab bo‘lmaydi, odatda ular birlikda qo‘llaniladi:Masalan: das Wasser, der Sekt, der Wein, das Eisen.

5) Atoqli otlar (die Eigennamen) bir xildagi predmet yoki hodisalardan birini ajratib ko‘rsatadi. Atoqli ot ayrim shaxs yoki predmetning maxsus nomidir. Bunday otlar odamlarning ismi, familyalari, taxalluslari, ko‘l, daryo, gazeta, jurnal nomlarini bildirishi mumkin. Masalan: A.Nawoi, Karim, die Schweiz, der Rein,”Deutschland”

 II. Abstrakt otlar mavhum tushunchalarini, abstrakt belgi, xususiyat va holatni predmet sifatida ifodalaydi. Masalan: die Liebe, die Freiheit, das Glück, die Größe.

Muallif: Shahnoza Kuvanova