Akkuzativ kelishigi predloglari

Akkuzativ kelishigi predloglari (Die Präpositionen mit dem Akkusativ)


   Akkuzativ kelishigi predloglari hamma vaqt otdan yoki olmoshdan oldin keladi.Faqat entlang predlogi otdan keyin keladi.Akkuzativ kelishigi predloglari ko‘p ma’noli sanaladi:

durch- orqali, bilan, bo‘ylab, … dan, … davomida, osha

                  Wir fahren durch  die Nawoistraße.

                  Biz Navoiy ko‘chasi orqali  boramiz.

für – uchun, …ga deb, …ga(narxni bildiradi)

                      Wir kämpfen für den Frieden.

                      Biz tinchlik uchun kurashamiz.

für- predlogi juft so‘zlar bilan qo‘llanib, ma’noni kuchaytirish uchun ishlatiladi

                   Stunde für Stunde -  soatma-soat

                   Schritt für Schritt- qadam- baqadam

                   Zeile für Zeile – qatorma – qator

                   Szene für Szene – janjal ketidan janjal

ohne- …siz (bu predlogdan keyin artikl ishlatilmaydi)

                      Ich gehe heute ohne Mantel.

                      Men bugun paltosiz ketaman.

gegen - … qarshi, …ga qarshi, yaqin, …larda, taxmin, chama ma’nolarini bildiradi … gacha, bilan (sportda raqib ma’nosini bildiradi)

                      Wir kämpfen gegen den Krieg.

                      Biz urushga qarshi kurashamiz.

um- atrofida, … da (paytni bildiradi)

                     Um das Haus wachsen große Bäume.

                     Uy atrofida katta daraxtlar o‘sgan.

entlang- bo‘ylab, …yoqalab

                    Sie gehen nebeneinander die Straße entlang.

                    Ular ko‘cha boylab yonma yon ketishardi.

bis - …gacha

                   Bis nächsten Monat bleiben die Gäste in Samarkand.

                   Keyingi oygacha mehmonlar Samarqandda qoladi.

wider – qarshi, zid

                   Das Kind handelt wider seinen Willen

Muallif: Shahnoza Kuvanova