Dativ kelishigi predloglari

Dativ kelishigi predloglari (Die Präpositionen mit dem Dativ)


Dativ kelishigi predloglari har doim otdan yoki olmoshdan oldin keladi.Entgegen va gegenüber predloglari esa ko‘pincha otdan keyin turadi.Dativ kelishigi predloglari ko‘p ma’noli sanaladi:

mit -  bilan, orqali, …dan (payt ma’nosini bildiradi),... li (shaxs va predmetlarda belgi xususiyatning mavjudligini ifodalaydi.)

              Karim schreibt heute mit einem Bleistift.

              Karim bugun qalam bilan yozadi.

nach - …ga, …dan, keyin, …dan so‘ng, …ga, …ko‘ra

         Nach der Stunde gehe ich in die Bibliothek.

         Men darsdan keyin kutubxonaga  boraman.

aus - …dan (harakat yo‘nalishini , predmetning nimadan tayyorlaganligini bildiradi) …ga ko‘ra (sabab ma’nosini ifodalaydi)

           Diese Schüler kommen aus der Schule.

           Bu o‘quvchilar maktabdan kelyaptilar.

zu -…, tomonga, …ga paytda, …vaqtida, vaqtida (paytini bildiradi) …da (o‘rin ma’nosini bildiradi)

         Am Sonntag kommen sie zu uns.

         Yakshanba kuni ular biznikiga keladi.

von- …dan (harakatning boshlanishi o‘rnini, chiqish nuqtasini bildiradi) …dan boshlab (paytni ifodalaydi) … ning (qaratqich kelishigi funksiyasini bajaradi)… haqida, to‘g‘risida (…dan beri)

        Ich habe einen Brief von meinem Freund bekommen.

        Men o‘rtog‘imdan  xat oldim.

bei- …da, …nikida, huzurida, yonida (harakat yoki predmetning o‘rnini ko‘rsatadi), … dan  (harakatning bajarilish o‘rnini manbaini ifodalaydi.) … da, …paytida, …vaqtida (harakatning sodir bo‘lish paytini bildiradi).

        Genosse Komilov wohnt bei seinem Onkel.

        O‘rtoq Komilov amakisinikida yashaydi.

seit - …dan beri, …dan boshlab

          Seit wann leben Sie in Karschi?

         Siz qachondan beri Qarshida yashayapsiz?

auβer - …dan tashqari, …dan boshqa

          Außer meinem Freund sind alle da.

         O‘rtog‘imdan boshqa hamma  shu erda

entgegen - …ga, huzuriga, qarshisiga, …ga qarab

          Das Kind läuft der Mutter entgegen.

          Bola onasiga qarab yugurdi.

gegenüber - …qarshisida, …ro‘parasida, …nisbatan

          Das Haus liegt dem Park gegenüber.

          Uy park ro‘parasida joylashgan.

    Va yana quyidagi predloglar:

     ab - -dan boshlab

     dank – sababli, tufayli

     entsprechend – mos, tegishli

     gemäβ – binoan, ko‘ra

     samt – birga

     nebst – yonma – yon

     zusammen mit – oqibatida  

     zufolge - oqibatida  

Muallif: Shahnoza Kuvanova