Infinitiv gruppalar

Infinitiv passiv asosiy fe’lning partitsip II sidan va werden yordamchi fe’lining Infinitividan yasaladi.

Infinitiv I Passiv werden yordamchi fe’lining aniq nisbatdagi infinitiv I hamda mustaqil fe’lning sifatdosh II shaklidan yasaladi:

gelesen werden, geschrieben werden, gekauft werden,gefragt werden;

 Der Brief muβ gelesen werden- Xat o‘qilishi kerak.

Infinitiv II Passiv werden yordamchi  fe’lining aniq nisbatdagi infinitiv II hamda mustaqil fe’lning sifatdosh II shaklidan yasaladi: gelesen worden sein, geschrieben worden sein, gekauft worden sein, gefragt worden sein;

 Der Brief muβ gelesen worden sein.-Xat o‘qilgan bo‘lishi kerak.

Infinitiv passiv  asosan modal fe’llar bilan qo‘llaniladi. Modal fe’llar odatda prezens yoki preterit zamon shakllarida turadi.

 Der Student soll geprüft werden.

 Der Text kann ohne Wörterbuch übersetzt werden.

Muallif: Shahnoza Kuvanova