Futur I va Futur II ning yasalishi

Futur I ning yasalishi (Die Bildung des Futurs I)


Futurum I fe’lning kelasi zamon shakli hisoblanadi va Futur I fe’lning qo‘shma zamon shakli bo‘lib, ish harakatning kelasi zamonda sodir bo‘lishini ifodalaydi. U werden yordamchi fe‘lining presensi va mustaqil

fe’lning infininiv I formasidan yasaladi.Werden yordamchi fe’li tuslanganda ikkinchi o‘rinda , infinitiv esa gapning oxirida keladi.

 kommen-kam - gekommen

+ werden+Präsens

Singular

Plural

ich   werde  kommen

du    wirst   kommen

er,

sie,   wird   kommen

es

wir  werden    kommen

ihr   werdet     kommen

sie   werden    kommen

Sie   werden   kommen

 

Ko‘pincha Futur I o‘rniga sinonim sifatida Präsens  ham qo‘llanadi. Bunday paytda gap tarkibida ko‘pincha kelasi zamonga oid bald, morgen, nächts kabi payt ravishlari keladi.

        Morgen fahre ich nach Tashkent –Ertaga men Toshkentga jo‘nayman.

1.Futurum I kelasi zamonda bo‘ladigan ish-harakatni ifodalash uchun qo‘llanadi:

       Ich werde aus der Schule kommen-  Men maktabdan kelaman.

       Ich werde dieses Buch lesen- Men bu kitobni o‘qiyman.

2. Futurum I modal ma’noni ham ifoda etadi.Bunday konstruktsiyada modal ma’no wohl, vielleicht, doch, hoffentlich, sicherlich  va boshqa modal so‘zlar bilan ifoda etiladi:

     Er wird vielleicht heute kommen.-U ehtimol bugun kelar.

3. Futurum I qat’iy buyruq ma’nosini ham anglatadi:

     Du wirst sofort zu mir zurückkommen !

4.  Es klopft an der Tür. Es wird mein Bruder sein.

     Eshik taqillayapti. U, ehtimol, akamdir.    

Masalan:

Ich werde aus der Schule kommen - Men maktabdan kelaman.

Ich werde dieses Buch lesen-Men bu kitobni o‘qiyman. 


Futur II ning yasalishi (Die Bildung des Futurs II)


Futur II kelasi zamon gumon formasi hisoblanadi.

Futur II  werden yordamchi fe‘lining presensi va mustaqil fe’lning infininiv II formasidan yasaladi.

 

Singular

Plural

ich    werde  gelesen   haben

du    wirst    gelesen   haben

er,

sie,   wird    gelesen   haben

es

wir   werden    gelesen    haben

ihr    werdet     gelesen    haben

sie    werden     gelesen    haben

Sie    werden     gelesen   haben

 

Singular

Plural

ich   werde   gekommen sein

du    wirst      gekommen sein

er,

sie,  wird      gekommen sein

es 

wir   werden    gekommen   sein

ihr    werdet     gekommen   sein

sie   werden     gekommen   sein

Sie   werden     gekommen   sein

Futurum II quyidagi hollarda qo‘llanadi:

1. Futurum II ham plusquamperfekt singari asosan nisbiy ma’noda qo‘llanib, Futurum I bilan keladi. Bunday hollarda Futurum II orqali ifodalangan ish-harakat Futurum I bilan ifodalangan ish-harakatdan oldinroq ro‘y beradi:

        Ich werde aus der Schule gekommen sein - Men maktabdan kelgan bo‘laman.

        Ich werde dieses Buch gelesen haben –Men bu kitobni o‘qigan bo‘laman.

2. Futurum II ham Futurum I kabi taxmin, gumon, ehtimollikni bildiradi. Bunda taxmin, gumon o‘tgan zamonga tegishli bo‘ladi.

        Er wird schon selbs nicht alles geschrieben haben,(A.Segers, Die Toten bleiben jung) – Judayam bunchalik batafsil yozmagandir.

       Masalan:

Ich werde aus der Schule gekommen  sein - Men maktabdan kelgan edim.

Ich werde dieses Buch gelesen haben -Men bu kitobni o‘qigan edim 

Muallif: Shahnoza Kuvanova