Imperfektning yasalishi

Imperfektning yasalishi (Die Bildung des Imperfekts)


Imperfekt o‘tgan zamon hikoya  formasi bo‘lib, fe’l imperfektda tuslanganda I va III shaxs birlikdashaxs-son qo‘shimchasini qabul qilmaydi, qolgan shaxslarda esa presensning shaxs-son qo‘shimchalarini oladi.

 

Singular

Plural

ich –

du-st

er-

wir –(e)n

ihr-t

sie – (e)n

Sie -en

 

lesen-las-gelesen, fragen-fragte-gefragt

 

Singular

Plural

ich las,   fragte

du last,   fragtest

er las,     fragte

wir lasen,    fragten

ihr last,        fragtet

sie lasen,     fragten

Sie lasen,     fragten

 

Imperfekt quyidagi hollarda qo‘llanadi:   

     Imperfekt o‘tgan zamonda bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalarni bayon qilishda qo‘llanadi, shuning uchun bu fe’l shakli o‘tgan zamon  hikoya fe’li deyiladi.

     Imperfekt gapning ma’nosiga qarab, o‘zbek tilidagi o‘tgan zamon aniq fe’li  ba’zan o‘tgan zamon davom fe’liga to‘g‘ri keladi:

 

     Ich kam –     men keldim, men kelar edim.

     Du kamst –  sen kelding, sen kelar eding.

 

     er    

     sie } kam –  u keldi , u kelar edi.

     es

 

     wir kamen –  biz keldik, biz kelar edik.

     Ihr kamt –     sizlar keldinggiz, sizlar kelar edinggiz.

     Sie kamen –  ular keldilar, ular kelar edilar.

Masalan:

 Ich kam aus der Schule- Men maktabdan keldim.

 Ich las dieses Buch –Men bu kitobni o‘qidim.

 Ajraluvchi old qo‘shimchli fe’llardan preteritum yasalganda , old qo‘shimcha prezensdagidek, fe’ldan ajralgan holda qo‘llanadi va  gap oxirida keladi.

     Ich stand um sieben Uhr auf.

     Der Zug kam schnell an.

Muallif: Shahnoza Kuvanova