Noaniq artiklning qo‘llanilishi


Noaniq artiklning qo‘llanilishi (Der Gebrauch des unbestimmten Artikls)


Noaniq artikl quyidagi hollarda qo‘llaniladi:

Agar narsa-predmet so‘zlovchiga noma’lum bo‘lib, u haqida birinchi marta gapirilsa:

          Ich lese ein Buch.Ich kaufe eine Zeitung.

Predikativ bo‘lib kelgan ot oldida:

              Ich war ein Feigling! Karschi ist eine schöne Stadt.

Haben, brauchen fe’llari va es gibt iborasidan keyin kelgan to‘ldiruvchi oldidan noaniq artikl har doim Akkuzativda keladi.

                     Ich brauche einen Regenschirm.

                     Er hat einen Bruder.

                     Neben dem Haus gibt es einen Garten.

Solcher, welcher, jeder kabi olmoshlar aniqlovchi bo‘lib kelganida: solch ein, ein solcher, welch ein, ein jeder:

                 An solch ein ewiges Weiterleben glaubte auch ich.

Ikki predmet bir-biriga taqqoslanganda, wie (dek) so‘zidan keyin:

                 Er läuft wie ein Sportler.

                  Sie singt wie eine Künstlerin.

Muallif: Shahnoza Kuvanova