Nisbiy olmoshlari

Nemis tilida nisbiy olmoshlarga der,das,die,welcher,welches,welche,wer,was kiradi.Bu olmoshlar der, die das ko‘rsatish olmoshlaridan va wer, was,welcher, welche, welches,welche olmoshlari so‘roq olmoshlaridan kelib chiqqan. Shuning uchun ham nisbiy olmoshlar ko‘rsatish va so‘roq olmoshlaridek turlanadi.Hozirgi nemis tilida welcher ga qaraganda der, die, das nisbiy olmoshi ko‘proq qo‘llanadi , ular aniqlovchi ergash gapni bosh gapga bog‘lab,bosh gapdagi aniqlanmishga qarab o‘zgaradi.

Die Aufgabe,die (welche) ich erfüllt habe,ist schwer - men bajargan fazifa og‘ir.

                             Nisbiy olmoshlarning turlanishi.

K

Maskulina

Feminina

Neutra

Plural

N

der(welcher)

die(welche)

das(welches)

die(welche)

G

  dessen

  deren

    dessen

   deren

D

dem(welchem)

der(welcher)

dem(welchem)

denen(welchen)

A

den(welchen)

die(welche)

das(welches)

die (welche)

 

    Nisbiy olmoshlar ergash gapli  qo‘shma gaplarda  ergash gapni bosh gapga biriktirib, bog‘lovchi vazifasini bajaradi va ayni bir paytda  gap bo‘lagi bo‘lib ham keladi.Nisbiy olmoshlarning rodi, soni bosh gapdagi ular izohlagan so‘zga , kelishigi esa ularning ergash gapda bajaradigan vazifasiga bog‘liq bo‘ladi:

             Auf dem Tisch liegt das Buch, das sehr interessant ist.

Nisbiy olmoshlar Nominativda ergash gapning egasi bo‘lib keladi, Genetivda aniqlovchi, Akkuzativda to’ldiruvchi, Dativda esa to’ldiruvchi yoki o’rin holi  vazifasini bajaradi.

                Der Mann, dessen Sohn in Taschkent studiert, ist mein Lehrer.

                der Student, dem der Professor gestern eine schwere Aufgabe gab,

                 fehlt heute.

                 Ich bekomme oft Briefe von meinem Freund, den ich vor einem

                 Jahr kennengelernt habe.

    Demak, der va welcher nisbiy olmoshlari aniqlovchi ergash gapni bosh gapga bog’lovchi element vazifasida  qo’llanadi. Bunda ular Genetivda keladi: Der Genosse, dessen Vortrag du hörst, …..

     Welcher so’roq – nisbiy olmoshi , welcher so’roq olmoshi va  dieser, jener ko’rsatish olmoshlari kabi to’la olmosh qo’shimchalariga egadir.Ammo welcher olmoshi qaratqich kelishik formasiga ega emas.Ko’plikda uch rod bir xil formaga ega. Welcher  nisbiy olmoshi Nominativ, Dativ, va Akkuzativda ko’rsatish-nisbiy olmoshi  der  bilan parallel qo’llansa-da, Genetivda faqat der olmoshi o’ziga tegishli formaga ega: Der Genosse, welcher (der) hier arbeitet, ….

       Was va wer nisbiy olmoshlari ko’pincha maqol va matallarga oid bo’lgan nisbiy gaplarda qo’llanadi: Wer einmal lügt, dem glaubt man nicht, und wenn wer auch die Wahrheit spricht.

  Hozirgi zamon nemis tilida va og‘zaki nutqda welcher  nisbiy olmoshi  eskirgan hisoblanadi, uning o’rnida ko’rsatish olmoshi der qo’llanadi.

Eslatma: Nemis tilida welcher,welche,welches nisbiy olmoshlari kamroq qo‘llanadi.

Muallif: Shahnoza Kuvanova