Ko‘rsatish olmoshlari

Ko‘rsatish olmoshlari (Die Demonstrativpronomen)


Ko‘rsatish olmoshlari shaxs, narsa predmetni va ularning belgisini ko‘rsatish, bir turdagi predmatlardan bittasini ajratib ko‘rsatish uchun xizmat qiladi.

Ko‘rsatish olmoshlariga quyidagilar kiradi: der-o‘sha,die-u,uni,das-bu,shu,die-ko‘pligi-ular,es-u,dieser,diese,dieses,diese-bu,shu,solcher,solche,solches,solche-bunday,shunday,jener,jene,jenes,jene-u,o‘sha,derjenige,diejenige,dasjenige-o‘sha,xuddi o‘sha,o‘shaning o‘zi,selbst,selber-o‘zi, derselbe, dieselbe, dasselbe, dieselben-o‘sha,xuddi o‘sha o‘shaning o‘zi. 

Ko‘rsatish olmoshlari kelishiklar bilan o‘zgarishiga ko‘ra ikkiga – turlanadigan va turlanmaydigan ko‘rsatish olmoshlariga bo‘linadi.

Turlanadigan ko‘rsatish olmoshlariga quyidagilar kiradi: dieser, diese,dieses,diese;jener,jene, jenes, jene;derjenige, diejenige,dasjenige, diejenigen;der, die, das,die;derselbe, dieselbe, dasselbe, dieselben, solcher, solche, solches, scholche.

Bu olmoshlar  o‘z navbatida turlanish jihatdan bir-biridan farq qiladi.Ulardan dieser, jener turlanish jihatdan bir-biriga o‘xshaydi, biroq ular so‘zlovchi bilan predmet orasidagi masofani ko‘rsatishda bir-biridan farq qiladi.Dieser olmoshi so‘zlovchiga ancha yaqin masofada turgan predmet yoki yaqindagina bo‘lib o‘tgan hodisani ko‘rsatish uchun, jener esa so‘zlovchidan ancha uzoqda turgan predmet yoki ancha ilgari yuz bergan hodisani ko‘rsatish uchun xizmat qiladi.Bu olmoshlar quyidagicha turlanadi:  Ko‘rsatish olmoshlari xuddi aniq artikllardek turlanadi.

                                              Singular

K

Maskulina

Feminina

Neutra

N

dieser Tag

jene Frau                                

solches Buch

G

dieses Tages

jener Frau

solches Buches

D

diesem Tag

jener Frau

solchem Buch

A

diesen Tag

jene Frau

solches Buch

                                            Plural

K

 

N

diese, jene,  solche Tage, Frauen,  Bücher

G

dieser, jener,  solcher Tage, Frauen,   Bücher

D

diesen, jenen, solchen Tagen, Frauen,   Büchern

A

diese,  jene, solche Tage, Frauen,  Bücher

 

Dieser va jener ko‘rsatish olmoshlari asosan sifat o‘rnida qo‘llanadi:

    Dieser Student ist klug.

Biroq ayrim hollarda ular ot o‘rnida ham kelishi mumkin.Badiiy asarlarda sredniy roddagi ko‘rsatish olmoshi dieses Nominativ va Akkusativda, ba’zan qisqargan forma (dies) da ham uchraydi: Er wollte dies Glück nicht.

Der, die, das  ko‘rsatish olmoshlari asosan ot o‘rnida qo‘llanadi. Ular so‘zlashuv tilida ko‘pincha kishilik olmoshlari vazifasini bajarib keladi: Der kommt heute nicht.   

Das ko‘rsatish olmoshi qo‘llanish jihatdan der, die olmoshlaridan farq qiladi. Bu olmosh faqat sredniy rodda emas, balki boshqa rodlarga ham mansub bo‘lgan predmetlar o‘rnida qo‘llanadi: Aber das hilft uns.

Derjenige, diejenige, dasjenige, diejenigen, derselbe, dieselbe, dasselbe, dieselben ko‘rsatish olmoshlarining har ikkala qismi ham turlanadi. Bunda qo‘shma olmoshlarning birinchi qismi der, die, das, die  artikl bo‘lganligi uchun  artikllardek,ikkinchi qismi selbe, jenige, selben, jenigen  olmosh bo‘lib,sifatning kuchsiz turlanishi kabi turlanadi.

                                                     Singular

K

Maskulina

Feminina

Neutra

 

 

N

derjenige, derselbe

diejenige, dieselbe

dasjenige, dasselbe

 

G

desjenigen, desselben

derjenigen, derselben

desjenigen, desselben

 

D

demjenigen, demselben

derjenigen, derselben

demjenigen, demselben

 

A

denjenigen, denselben

diejenige, dieselbe

dasjenige, dasselbe

 

 

K.

       Plural

N

dieselben, diejenigen

G.

derselben, derjenigen

D.

denselben, denjenigen

Akk

dieselben, diejenigen

 

Derselbe (dieselbe, dasselbe, dieselben) ko‘rsatish olmoshlari bir predmetning ikkinchi bir predmetga aynan o‘xshashligini ko‘rsatadi.Ich habe dasselbe Kleid.

Ba’zan bu olmoshlarning birinchi qismi (die, der, das, die) predlog bilan birikkan holda qo‘llanganda , uning ikkinchi qismi (selbe, jenige, selben, jenigen) ajratib yoziladi:

                  von demselben Betrieb – vom selben Betrieb

                  zu derselben Stunde – zur selben Stunde

                  in dasselbe Dorf – ins selbe Dorf

Solcher (solche, solches, solche) ko‘rsatish olmoshi dieser (diese, dieses, diese) olmoshi kabi turlanishidan tashqari,  bu  olmosh noaniq artikl bilan qo‘llanganda , uning turlanish – turlanmasligi noaniq artiklning o‘rniga bog‘liq bo‘ladi. Agar u noaniq artikldan oldin kelgan bo‘lsa, turlanmaydi: solch ein Artikl,solch eine Frage.solch ein Buch; Ich höre solch ein schönes Lied.

Agar bu olmosh noaniq artikldan keyin kelgan bo‘lsa, sifatlarning kuchsiz turlanishiga o‘xshab turlanadi: ein solcher Mann, eine solche Lehrerin, ein solches Buch.

 

K.

Maskulinum

Femininum

Neutrum

N.

G.

D.

Akk.

ein solcher Junge

eines solchen Jungen

ein solchem Jungen

einen solchen Jungen

 

eine solche Karte

einer solchen Karte

einer solchen Karte  eine solche Karte

ein solches Bett eines solchen Bettes einem solchen Bett ein solches Bett

 

Selbst, selber, es  ko‘rsatish olmoshlari turlanmaydi.

Selbst, selber olmoshlari ot yoki kishilik olmoshlaridan keyin kelib, ularni izohlaydi, ta’kidlaydi, ajratib ko‘rsatadi:Sie ist krank, aber sie kämmt sich selbst.

Eslatma: Selbst olmoshi o‘zi izohlab kelgan so‘zdan oldin tursa , modal yuklama bo‘lib keladi va sogar (hatto) ma’nosiga ega bo‘ladi.

   Es ko‘rsatish olmoshi shaklan kishilik olmoshi es (sr.r.,III shaxs, birlik) ga o‘xshasa ham ularni bir-biridan ajratadigan belgilar bor. Masalan es kishilik olmoshi sredniy roddagi otlar o‘rnida qo‘llanadi hamda turlanadi:

    Das Kind weint.Es ist krank.

Es ko‘rsatish olmoshi esa shaxs va predmetlarni, ularning rodidan qat’iy nazar, ko‘rsatish uchun xizmat qiladi:

  So ist  ΄s auch in Seebühl, wo unsere Geschichte anfängt. Es ist eine etwas verzwickte Geschichte. .(Erich Kästner,Die Zwillinge)

Muallif: Shahnoza Kuvanova