Kishilik olmoshlari

Kishilik olmoshlari (die Personalpronomen)


Shaxsni bildiradigan olmoshlar kishilik olmoshlari deyiladi.Kishilik olmoshlari so’zlovchi shaxsni (ich, wir), tinglovchini (ihr) va o’zgani (er, sie, es, Sie) bildiradi.Demak, kishilik olmoshlariga ich,du,er,es,sie,wir,ihr,sie,Sie kiradi.Ular ot o‘rnida qo‘llanilib, shaxs yoki predmetni ifodalaydi, yani shaxs yoki predmet o’rnida qo’llanadi.Kishilik olmoshlari birlik va ko‘plik shakllariga ega bo‘lgan uch shaxsga va hurmat formasiga ega.Birinchi va ikkinchi shaxslar rod jihatdan farq qilmaydi.Uchinchi shaxs birlik har uchchala rodni ifodalab keladi.

                                  er-mujskoy rod

                                  es- sredniy rod

                                  sie – jenskiy rod.

Kishilik olmoshlari formasining yasalishi otlardan, ad’ektiv olmoshlardan faqat turli o‘zakdan yasalishi bilangina farq qilmay, boshqa so‘zlarda bo‘lmagan maxsus kelishik qo‘shimchalari bilan ham ajraladi. Bu xususiyat faqat kishilik olmoshlari va o‘zlik olmoshlariga xosdir.Kishilik olmoshlari uch shaxs, birlik, va ko‘plik formalariga ega:

Birinchi (so‘zlovchi) shaxs: ich, wir; Ikkinchi (tinglovchi) shaxs: du, ihr, Sie – (sie  - uchinchi shaxs ko‘plik formasida qo‘llanadi); uchinchi (o‘zga ) shaxs er, sie, es; sie.Sie kishilik olmoshi hurmat ma’nosida qo‘llanadi va u hurmat formasi (die Höflichkeitsform) deb yuritiladi. Bu funksiyada qo‘llanganda u har doim bosh harf bilan yoziladi. Demak, nemis tilining kishilik olmoshlari birlik va ko‘plik bo‘yicha to‘qqiz formaga ega.  Ular kelishiklarda turlanadi, bunda ular vositali kelishiklarda boshqa o‘zak ko‘rinishida bo‘ladi.  


Kishilik olmoshlarining turlanishi  


                                                      Singular

K

1-Person

2-Person

3-P.-m

n

f

N

ich-men

du-sen

er

es

sie-u

G

meiner-mening

deiner -sening

seiner

seiner

ihrer-uning

D

mir-menga

dir-senga

ihm

ihm

ihr-unga

A

mich-meni

dich-seni

ihn

es

sie-uni

                                                           Plural

K

1-Person

2-Person

3-Person

Höflichkeitsform

N

wir-biz

ihr-sizlar

sie-ular

Sie –siz

G

unser-bizning

euer-sizlarning

ihrer-ularning

Ihrer-sizning

D

uns-bizga

euch-sizlarga

ihnen-ularga

Ihnen-sizga

A

uns-bizni

euch-sizlarni

sie-ularni

Sie -sizni

 

Yuqorida berilgan jadvaldan anglashiladiki, kishilik olmoshlarining turlanishi turli o‘zaklardan tashkil topgan.Shuning uchun ularning turlanishini suppletiv  formadagi turlanish deyiladi.

Kishilik olmoshining uchinchi shaxs (er, sie, es; sie )  o’rnida ko’rsatish olmoshlari (der, die, das; die) qo’llanishi mumkin.Ko‘rsatish olmoshlarining bunday qo‘llanishi asosan so‘zlashuv tiliga xosdir: Der kommt hier.

Ilgarigi kishilik olmoshlarining qaratqich kelishigi mein, dein, sein shaklida bo‘lgan. Bu forma hozirgi vaqrda ayrim qo‘shma so‘zlar tapkibida ham saqlanib qolgan.Masalan: deinetwegen – seni deb, sen uchun; seinetwegen – uni deb, u uchun; Vergißmeinnicht – bo‘tako‘z (gul)

Kishilik olmoshlari Genetivning hozirgi formasi  meiner, deiner, seiner, ihrer, unser,euer ham ko’p qo’llanavermaydi.Ular Genetivni talab qiluvchi fe’l va sifatlar bilan qo‘llanib, gapda to‘ldiruvchi vazifasida keladi.

  Eslatma: Kishilik olmoshlari Genetiv kelishigida kam ishlatiladi.

Muallif: Shahnoza Kuvanova