Gumon olmoshlari

Gumon olmoshlari (Die Indefinitpronomen)


Gumon olmoshlari so‘zlovchi uchun noma’lum, noaniq bo‘lgan predmet yoki belgini anglatadi.Gumon olmoshiga man,einer, jemand,jeder, jedermann, mancher, etwas,alle,viele,einige,wenige kiradi.Bu olmoshlardan man,einer, jemand, jedermann, etwas har doim ot o‘rnida alle,viele,einige,wenige,jeder, , mancher ot va sifat o‘rnida keladi. Bu olmoshlar ma’no jihatdan bir-biridan farq qiladi.Man shaxsi noaniq olmosh hamma vaqt ega vazifasida kelib,kesim 3-shaxs birlikda qo‘llaniladi,ammo 3-shaxs ko‘plikda tarjima qilinadi.

                   Man spielt hier Schach-Shu erda shaxmat o‘ynayaptilar

                    Man trinkt Tee – Choy ichyaptilar.

Man olmoshi modal fe’llar bilan qo‘shilib quyidagicha tarjima qilinadi:man kann-mumkin,man kann nicht-mumkin emas,man muß(soll)-zarur,lozim,man darf-mumkin,ruxsat,man darf nicht-mumkin emas, ruxsat etilmaydi.

  Jemand(kimdir,birov) turlangan holda ham, turlanmagan holda ham qo‘llanishi mumkin.Turlanganda noaniq artiklga o‘xshab turlanadi.Jeder va jedermann olmoshlari “har bir”,”har kim” ma’nolariga ega bo‘lib, jeder aniq artikldek turlanadi, jedermann esa turlanmaydi.Mancher (ba’zi bir, ayrim)olmoshi jeder kabi turlanadi,etwas (bir narsa, bir nima)olmoshi turlanmaydi.So‘zlashuv tilida etwas gumon olmoshi o‘rnida was, welchers olmoshlari qo‘llanishi mumkin.Alle(hamma,barcha),viele(ko‘p, ancha),wenige(ayrim, ba’zi) gumon olmoshlari ot o‘rnida ham, sifat o‘rnida ham qo‘llanadi.Viele hamda wenige gumon olmoshlari abstrakt va donalab sanab bo‘lmaydigan predmet nomlari oldidan kelganda odatda qisqa shakl –viel,wenig bo‘lib qo‘llanadi. M:viel (wenig)Zeit.

Muallif: Shahnoza Kuvanova