Otlarda kelishik kategoriyasi

Kelishik otning grammatik formasi bo‘lib, uning gapdagi boshqa so‘zlarga bo‘lgan munosabatini xarakterini belgilaydi .

Kelishik otning sintaktik vazifasidan kelib chiqadigan ma’noni ham ifoda etadi.

Nemis tilida kelishiklar to‘rtta kelishik  der Nominativ (Werfall) - bosh kelishik, der Genitiv  (Wasfall ) - qaratqich kelishigi, der Dativ (Wemfall) - jo‘nalish kelishigi, der Akkusativ (Wenfall) -  tushum kelishigi bor. Har bir kelishikning ma’lum so‘roqlari bor:

 Nominativ – wer? was? (kim? nima?)  

 Genitiv – wessen ? (kimning? nimaning?) 

 Dativ – wem? (kimga? nimaga?)

 Akkusativ – wen? was? ( kimni? nimani?)

Otning kelishiklar bo‘yicha o’zgarishiga turlanish deyiladi.  Bulardan (bosh kelishik) Nominativ vositasiz ( der gerade Kasus), qolgan uchta kelishik vositali kelishik  (die obliquen (abhängig) Kasus) deyiladi. Otlarning turlanish xillari birgalikda aniqlanib,  ular artikl va kelishik qo‘shimchalari yordamida belgilanadi. Bunda artikl muhim rol o‘ynaydi, chunki nemis tilida kelishik qo‘shimchalarining soni kam bo‘lib, ular faqat –(e)s, -e, -(e)n dan iborat. Bundan tashqari ko‘p ot formalari  kelishik qo‘shimchasiga ega emas: die Frau, der Frau, der Frau, die Frau. Otlar birlikda uch xil turlanishga ega bo‘lib, ularning ko‘plikda turlanishi bir xil bo‘lib, asosiy vazifani artikl bajaradi.

Nemis tilida artikl  kelishiklar artikl va suffikslar yordamida ifoda etiladi. Bunda artikl roli juda katta, chunki kelishik qo‘shimchalarining soni kam bo‘lib, ularning vazifasini qisman artikl bajaradi. Masalan: die Brille des Vaters misolidagi Vater so‘ziga qo‘shilgan qo‘shimchasi qaratqich kelishikni anglatsa, er ruft den Lehrer misolidagi otning tushum kelishigida kelganini faqat kelishik emas, artikl ham anglatmoqda.