Otlarda ko‘plik formasining yasalishi

Otlarda ko‘plik formasining yasalishi (Die Pluralbildung der Substantive)


Nemis tilida otlarning  ko‘plik yasalishi besh turga bo‘linadi:

1.Ko‘plikda –suffiksini qabul qiluvchi otlar (umlautli yoki umlautsiz)

2.Ko‘plikda –(e)n suffiksini qabul qiluvchi otlar(umlautsiz)

3.Ko‘plikda –er suffiksini qabul qiluvchi otlar (umlautli)

4. Ko‘plik formasini suffikssiz yasovchi otlar(umlautli yoki umlautsiz)

5.Ko‘plik yasalishining maxsus hollari .

Ko‘plik yasalishining birinchi turiga kiradigan otlar ko‘plikda –e suffiksini qabul qiladi.Otlarning o‘zagidagi unli tovushlar umlaut olishi yoki olmasligi mumkin.Bu turga quyidagi otlar kiradi: mujskoy roddagi otlarning asosiy qismi,bu otlarning ko‘pchiligi umlaut oladi,shuningdek –ier,-eur,-är,-an kabi suffikslar bilan kelgan, boshqa tillardan nemis tiliga kirib qolgan mujskoy roddagi internatsional so‘zlar,bir bo‘g‘inli jenskiy roddagi otlar-ular doim umlaut oladi,sredniy roddagi ko‘pgina otlar-ular umlaut olmaydi:

der Abend –die Abende  

oqshom- oqshomlar

die Hand-die Hände

qo‘l – qo‘llar

das Bott – die Boote 

qayiq – qayiqlar

Koplik yasalishining birinchi turiga kiradigan otlar: masalan,

der  Apparat  apparat

die Bank      skameyka

der Baum    daraxt

die Besorgnis  g‘amxo‘rlik

der Betrieb    korxona

das Bott      qayiq

das Diktat   diktant

das Dokument  hujjat

der  Fahrstuhl   lift

die Faust      musht

das   Fest     bayram

der Freund   do‘st

die Frucht    meva

der Gang     yo‘l

die Gans    g‘oz

das Heft     daftar

der Hund    it

der Hut       shlyapa

der Ingenieur  muhandis

das Institut     institut

das  Jahr   yil

der Kampf     kurash

der Korb     savat

die Kraft      kuch

die Kuh    sigir

die Maus     sichqon

der Monat   oy

die Nacht    tun

die Nuβ    yong‘oq

das Plakat   plakat

der Plan      reja

der Platz     maydon

das Program  programma

der Sack     qop

der Sohn    o‘g‘il

das   Schiff   qayiq

das Schirm   zontik

die Schnur   arqon

der Schrank  shkaf

das Spiel    o‘yin

die Stadt    shahar

der Stuhl     stul

der Schuh   tufli

der Tag      kun

das  Telegramm    telegramma

der Teppich     gilam

das  Tier    hayvon

die Wand  devor

die Wurst  kolbasa

das  Zelt    chodir

das   Ziel   maqsad

der Zug     poyezd

Eslatma: -nis suffiksi bilan tugagan jenskiy va sredniy roddagi otlar ko‘plikda –e suffiksini qabul qiladi,biroq ko‘plikda yana bir –s qo‘shimchasini oladi. die Kenntnis-die Kenntnisse

Ko‘plik yasalishining ikkinchi turiga kiradigan otlar ko‘plikda (-e)n suffiksini qabul qiladi,ular hech qachon umlaut olmaydi.Bu turga quyidagi otlar kiradi:Jenskiy roddagi otlarning asosiy qismi,mujskoy roddagi jonli predmetni ifodalaydigan – birlikda –e qo‘shimchasi bilan tugagan, ba‘zi bir bo‘g‘inli, chet tillardan o‘zlashgan va –ant, -at,-ent,-ist,-ot,-graph,-og(e),-nom,-or  suffikslari bilan tugagan otlar,kuchli turlanishga kiradigan otlarning kichik bir qismi va sredniy roddagi otlarning kichik guruhi kiradi:

die Blume – die Blumen

gul – gullar

der Hase – die Hasen

quyon - quyonlar

das Auge – die Augen

ko‘z – ko‘zlar

Ko‘plik yasalishining ikkinchi turiga kiradigan otlar: masalan

die Ansichtskarte otkritka

die Antwort javob

die Arbeit ish

die Arbeiterin ishchi ayol

die Ausstellung ko‘rgazma

der Bär ayiq

das Bett kravat

die Frage   savol

die Frau       ayol

der Held qahramon

der Herr janob

der Hirt cho‘pon

die Insekt hashorat

die Krankenschwester hamshira

die Lehrerin o‘qituchi ayol

der Mensch kishi

der Name ism, nom

das Ohr quloq

der Pädagog pedagog

der Same urug‘

der Soldat soldat

die Straβe ko‘cha

der Student talaba

die Studentin  talaba qiz

die Stunde dars

die Tafel  doska

die Tür     eshik

die Vase vaza

das Verb fe’l

die Vorlesung ma’ruza

die Űbung mashq

die Universität  universitet

die Wohnung uy, kvartira

die Zeitschrift   jurnal

die Zeitung gazeta

 Eslatma:Birlikda –in  bilan tugagan jenskiy roddagi otlardan ko‘plik yasashda yana bir –n qo‘shiladi:die Lehrerin-die Lehrerinnen.

Ko‘plik yasalishining uchinchi turiga kiradigan otlar ko‘plikda –er suffiksini qabul qiladi, ular har doim umlaut oladi.Bu turga  sredniy roddagi bir bo‘g‘inli otlar,mujskoy roddagi otlarning kichik bir guruhi kiradi:

das Bild – die Bilder

rasm - rasmlar

der Mann – die Männer

kishi - kishilar

Koplik yasalishining uchinchi turiga kiradigan otlar: masalan

das Blatt barg, varaq

das Buch kitob

das Dach tom

das Dorf qishloq

das Ei  tuxum

das Fach   fan

das Feld dala

der Geist aql, ong

das Gesicht qiyofa

das Glas stakan

der Gott xudo

das Haus uy

der Irrtum xato

das Kind bola

das Kleid  ko‘ylak

das Land qishloq

der Lehrfach  fan

das Lied qo‘shiq

der Mund og‘iz

das Rad velosiped

der Rand qirg‘oq

der Reichtum boylik

der Strauch buta

das Tal vodiy

das Tuch dastro‘mol

das Volk xalq

der Wald o‘rmon

das Wort so‘z

der Wurm qurt

Eslatma: Jenskiy roddagi otlar ko‘plik yasalishining uchinchi turiga kirmaydi.

Ko‘plik yasalishining to‘rtinchi turiga kiradigan otlar ko‘plikda hech qanday suffiks olmaydi. Ular umlaut olishi yoki olmasligi mumkin.Bu turga quyidagi otlar kiradi:Birlikda –el,-er,-en suffikslari bilan tugagan mujskoy roddagi otlar, –el,-er,-en,-chen,-lein kabi suffikslar, hamda –ge prefiksi va –e suffiksi bilan tugagan sredniy roddagi otlar –bu otlar umlaut olmaydi, jenskiy roddagi otlarning faqat ikkitasi kiradi – bu otlar umlaut oladi:

der Lehrer – die Lehrer

o‘qituvchi – o‘qituvchilar

das Zimmer – die Zimmer

xona - xonalar

die Mutter – die Mütter

ona – onalar

Koplik yasalishining to‘rtinchi turiga kiradigan otlar: masalan

der Arbeiter ishchi

der Artikel maqola

der Bruder aka-uka

das Buchlein kitobcha

der Dolmetscher tarjimon

der Einwohner aholi

das Fenster deraza

der Flieger uchuvchi

der Garten bog‘

das Gebäude bino

das Kästchen yashikcha

der Koffer jamadon

das Lager oromgoh

der Lappen latta

das Mädchen qiz

der Mantel palto

das Märchen ertak

das Messer pichoq

der Ofen pechka

das Rätsel topishmoq

der Redner  notiq

das Röslein atirgulcha

der Schriftsteller yozuvchi

der Schlosser slesar

der Schlüssel kalit

der Schüler o‘quvchi

der Spiegel oyna

die Tochter qiz

der Vogel  qush

der Vater ota

der Wagen vagon

das Wappen gerb

Ko‘plik yasalishining beshinchi turi, ya’ni  maxsus hollari. Nemis tilida shunday otlar borki, ular o‘z ko‘pligini yuqorida keltirilgan to‘rt turga bo‘ysunmagan holda yasaydi.Shuning uchun biz ularni maxsus tur sifatida ko‘rib chiqamiz.

1. Boshqa tillardan o‘zlashgan mujskoy va sredniy roddagi otlar,ya’ni ingliz va fransuz tillaridan nemis tilga kirib qolgan so‘zlar  –s suffiksini oladi:

                   der Park – die Parks

                  das Video – die Videos

2.Boshqa tillardan o‘zlashgan –um va –a , -ion suffiksli sredniy roddagi otlar ko‘plikda –en qo‘shimchasini qabul qiladi:

                 das Museum – die Museen

                 das Drama – die Dramen

3.–ismus suffiksli mujskoy roddagi otlar ko‘plikda –en suffiksini qabul qiladi:

               der Neologismus – die Neologismen

               der Organismus – die Organismen

4.Kelib chiqishi lotin tiliga oid bo‘lgan, sredniy roddagi ayrim otlar ko‘plikda –ien suffiksini oladi:  das Auditorium – die Auditorien

              das Adverb – die Adverbien

 5.Birlikda ikkinchi komponenti –mann bo‘lgan qo‘shma so‘zlarning ko‘pligi –männer yoki -leute shaklida bo‘ladi: 

             der Kaufmann – die Kaufleute

             der Seemann – die Seeleute

Biroqder Staatsmann (davlat arbobi) – die Staatsmänner

            Der Schneemann (qorbobo) – die Schneemänner

6.Kelib chiqishi grek va grek –latin tillariga oid bo‘lgan sredniy rod otlari ko‘plikda – ta suffiksini oladi:

            das Klima- die Klimata

            das Komma – die Kommata

 7. Quyidagi otlar ko‘plikda –a suffiksini qabul qiladi:

            das Nomen – die Nomina

           das Maskulinum – die Maskulina

           das Femininum – die Feminina

8. Birlikda –on suffiksiga ega bo‘lgan sredniy rod otlari ikki yo‘l bilan ko‘plik formasini yasaydi.Bulardan ba’zilari –en suffiksini, boshqalari esa –suffiksini oladi :        das Stadion – die Stadien

        das Lexikon – die Lexika

9. Ba’zi (yasama bo‘lmagan) birlikda –us suffiksiga ega bo‘lgan mujskoy va sredniy rod otlari ko‘plikda  -e, -i, -ora, -era suffikslarini qabul qiladi

       der Kursus – die Kurse

      der Modus – die Modi

      das Tempus –die Tempora

      das Genus – die Genera

10. Bundan tashqari otning ko‘plik formasi otning ikkinchi qismiga boshqa so‘z qo‘shilishi bilan yasaladi:

      der Rat –die Räte – die Ratschläge

Koplik yasalishining maxsus hollariga kiradigan otlar: masalan

das Auditorium auditoriya

das Auto mashina

das Datum  sana

das Drama drama

das Foto  surat

das Hobby qiziqish

das Kino kino

die Kokon  pilla

der Klub  klub

das Labaratorium labaratoriya

der Mexanismus  mexanizm

das Menerale  mineral

der Neologismus yangilik

das Numerale  son

der Organismus  organizm

der Park  istirohat bog‘i

das Partizip  sifatdosh

das Thema mavzu

das Video  video

das Zentrum markaz                                                        

Eslatma:Birlikda ikkinchi komponenti –mann bo‘lgan qo‘shma so‘zlarning ko‘pligi –männer yoki -leute shaklida bo‘ladi.

Muallif: Shahnoza Kuvanova